"Levandovski balki Ispaniyada o'ynab, "Oltin to'p"ni yuta olaman deb o'ylayotgandir" - Xavi Martines
29 apr 2022 14:28
Yangiliklar


"Levandovski balki Ispaniyada o'ynab, "Oltin to'p"ni yuta olaman deb o'ylayotgandir" - Xavi Martines
"Bavariya" sobiq o'yinchisi Xavi Martines myunxenliklar forvardi Robert Levandovskining faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar haqida gapirdi.
"Agar "Bavariya" uni sotishni xohlamasa, bu siz uchun muammo, sababi u erda ko'ndirish bandi yo'q. Ammo, uning "Barselona"ga o'tishi uchun qandaydir variant bor, sababi u Ispaniyada o'ynab, "Oltin to'p"ni yuta olaman deb o'ylayotgandir", - deydi Martines.
Levandovskining "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
U joriy mavsum klub tarkibida 43ta o'yinda maydonga tushib, 48ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar