"Lester" yuqori maosh sabab Eriksenni ijaraga olishdan bosh tortdi
22 jan 2021 12:10
Yangiliklar


"Lester" yuqori maosh sabab Eriksenni ijaraga olishdan bosh tortdi
"Inter" yarim himoyachisi Kristian Eriksenning "Lester"ga ijarasi amalga oshmadi.
"Tulkilar" 28 yoshli daniyalik o'yinchini ijaraga olish variantini ko'rishdi, ammo klubni uning haftasiga 340 ming evrolik maoshi "qo'rqitib yubordi". "Inter"ning o'zi esa xavbekni sotishni xohlaydi.
Oldinroq xabar berilganidek, 28 yoshli xavbek "Tottenxem"ga qaytishni xohlamoqda va "shporlar" uni ijaraga olishga tayyor.
Eriksen joriy mavsum "Inter" tarkibida 14ta o'yinda maydonga tushdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar