"Lester" Meddisonning narxini belgiladi
06 apr 2023 16:50
Yangiliklar
"Lester" yarim himoyachi Jeyms Meddisonni sotish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda, deb xabar berdi "The Telegraph". "Tulkilar" futbolchini 50 million funtga baholamoqda.
Meddison mavsum oralig'ida "Lester"ni tark etishi ehtimoli bor. Joriy kampaniyada "tulkilar" omon qolish uchun kurashmoqda va futbolchining shartnomasi 2024 yilning iyunigacha amal qiladi. SHartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralar oldinga siljimayapti. Angliyalik futbolchiga asosiy davogar "Tottenxem" hisoblanadi.
Joriy mavsum 26 yoshli yarim himoyachi barcha musobaqalarda 23 ta o'yin o'tkazib, 9 ta gol urdi hamda 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar