So’nggi yangiliklar

03:00Вадим Абрамов: "Агар ўйин натижасини биринчи бўлимдаёқ ҳал қилиб қўйганимизда бундай савол бермаган бўлардингиз"  0 00:26Манише Феликс ҳақида: "Футбол лойиҳаси бўлиб қолди. Шундай клубларда имкониятлар, аммо у ишлашни хоҳламайди"  1 00:06"Интер" ва Нкункунинг агентлари трансфер шартларини муҳокама қилишмоқда  0 23:41Иван Бошкович: "Бугун нимадир ўхшамади"  0 23:14Суперлига. Пенальтидан тўп киритилмаган ва гол ҳисобга олинмаган ўйинда "Динамо" "Навбаҳор" билан жанговар дурангга имзо чекди  110 23:05Рўзиқул Бердиев: "Қарши ҳужум режасини туздик ва бу ўз мевасини берди"  8 22:50Виталий Левченко: "Катта устунликка эришиб якунда мағлуб бўлиш жуда аламли"  13 22:17Илёс Зейтуллаев: "Стадиондаги муҳит учун мухлисларга раҳмат айтаман"  4 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" иккита гол урган ўйинда "Насаф" ғалаба қозонди  34 21:43Таҳлил. Бугун Фарғонада "Нефтчи" эмас Левченко ютқазди, Зейтуллаевга 5 баҳо  17 21:39"Челси" форварди АПЛнинг бошқа клубига ўтишга яқин  1 20:56Суперлига. "Бунёдкор" Фарғонада "Нефтчи"ни мағлуб этди  76 20:20"Барселона" Рэшфордни рўйхатдан ўтказиш учун кимни сотиши мумкинлиги маълум бўлди  13 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  1 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0

Leonid Senkevich: “Safardagi g'alaba futbolchilarimizga o'zlariga bo'lgan ishonchni qaytarishga xizmat qiladi” Yangiliklar

Leonid Senkevich: “Safardagi g'alaba futbolchilarimizga o'zlariga bo'lgan ishonchni qaytarishga xizmat qiladi”

Pro-liga 24-turidan o'rin olgan “Iftixor” - “Lokomotiv-BFK” (1:3) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Leonid Senkevich “championat.asia” saytiga intervyu berdi.

Biz bugun ikkinchi davra qozonilgan dastlabki g'alabamizdan judayam mamnunmiz. Bu g'alaba klubimiz rahbariyati, murabbiylar shtabi, futbolchilarimiz, umuman barcha jamoamiz azolarini xursand qiladi. Bugungi o'yinni o'zinglar ko'rib guvoh bo'ldinglar, bizni g'alabamiz tasodifiy bo'lmadi, juda qiyin, bellashuvlarga boy yaxshi o'yin o'tkazdik. Bugun jamoamiz futbolchilari uchrashuv oldidan berilgan ko'rsatmalarni juda yaxshi bajarishdi, o'yinimiz rivojlanib borayotganidan xursandmiz. Albatta bugun jamoamiz rahbari uchrashuvni stadiondan kuzatmadi, lekin biz unga qo'ng'iroq qilib aytamiz, biz g'alaba qozondik deymiz, u bundan xursand bo'lishi tayin. 

Bu g'alaba futbolchilarmizni o'zlariga bo'lgan ishonchni qaytarishga, keyingi uchrashuvlarda maydonga kuchli ishtiyoq bilan tushishlariga xizmat qiladi. Yana takrorlayman, bugungi uchrashuv uchun barcha futbolchilarimizga, murabbiylar shtabiga, yordamchilarimga minnatdorchilik bildiraman. Bugun ko'rsatgan o'yinimizdan qoniqish hosil qildim. “Iftixor” jamoasiga keyingi uchrashuvlarda omad tilayman!

Bekzod Tolibov yozib oldi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика