So’nggi yangiliklar

21:25Микель Артета "Ливерпул"га қарши ўйин ҳақида: "Орамиздаги фарқ унча катта эмас, "Арсенал"нинг исботлайдиган нарсалари бор"  0 21:15"Реал" билан ўйиндан аввал Гризман машғулотга чиқмади!  0 20:55Флетчер МЮни бошқариш таклифи берилгани ҳақида: "Хаёлимга келган биринчи нарса Фергюсон билан гаплашиш эди"  4 20:55Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик  91 20:25Opta "Арсенал"нинг АПЛ чемпионлигини қўлга киритиш эҳтимоллигини ҳисоблаб чиқди  1 19:52ФОТОГАЛЕРЕЯ. "Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  3 19:44"Локомотив" икки иқтидор билан шартномани узайтирди: Улар 2029 йилгача "темирйўлчи" бўлиб қолишади  1 18:59Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон жой олган гуруҳда Жанубий Корея ва Эрон муроса кўчасини танлади  6 18:49"Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  3 18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  1 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  2 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  9 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  3 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  2 15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   19

Leo Igita: "Asli braziliyalikman, lekin mening vatanim Qozog'iston" Yangiliklar

Leo Igita: "Asli braziliyalikman, lekin mening vatanim Qozog'iston"

Futzal bo'yicha Jahon chempionati 1-turidan o'rin olgan Ispaniya - Qozog'iston (1:1) uchrashuvidan so'ng Qozog'iston terma jamoasi sardori Leo Igita saytimizga kichik intervyu berdi.

"Uchrashuv biz kutganimizdek qiyin bo'ldi. Arenani to'ldirgan muxlislarga ham rahmat. Ispaniya Jahon chempionatining uch asosiy davogaridan biri. Qozoq futzali o'sib borayotganidan xursandman. Ushbu jarayonning bir qismi bo'lish juda yoqimli. 10 yil avval faqatgina men asosiy futzalchi edim, hozir esa raqobatdoshlari juda ko'p. Yosh futzalchilarimiz bugun katta tajriba orttirishdi. Endi Liviya va Yangi Zelandiyani mag'lub etishimiz kerak. Birinchi navbatda g'alaba qozonishimiz, keyin esa imkon qadar ko'proq gol urib olishimiz kerak. To'plar nisbati kim guruhdan birinchi o'rinni egallashini aniqlab beradi" - deya fikr bildirdi Leo Igita

- Qozog'iston va Ispaniya terma jamoalari o'rtasidagi bunday principiallikning sababi nimada? JCH-2016 nimchorak final bahsidagi uchrashuv bunga sababmi?

- Buning sababi ikki jamoa ham mag'lub bo'lishini istamasligida. Qozog'iston futzali rivojlanib bormoqda va Ispaniya biz bilan to'qnash kelganda har safar ko'proq qarshilikka duch kelyapti. O'zbekistonda ham futzal rivojlanib bormoqda deya olaman. Hozirgi kunda hech qaysi bir terma jamoa darvozasiga 10-15ta gol ura olmaysiz, avvallari bunday natijalar kuzatilib turardi. Bizning o'zimizga bo'lgan ishonchimiz kundan-kunga ortib bormoqda. Biz ham imkon qadar yaxshiroq natija qayd etishni ko'zlayapmiz.

- Qozog'iston ushbu Jahon chempionatida o'z oldiga qanday maqsad qo'ygan? Qaysi bosqichdagi ishtirok Qozog'iston uchun yaxshi natija deb hisoblanadi?

- Asosiy maqsadimiz guruhdan chiqish. Guruhda birinchi o'rinni egallashga harakat qilamiz, ammo bu oson vazifa emas. Pley-off bosqichi esa umuman boshqa masala. Nimchorak final va chorak finallar bu boshqa daraja. Hozirgi kunda faqatgina Liviya va Yangi Zelandiyani mag'lub etish haqida o'ylamoqdamiz.

- Tasavvur qiling, agarda Braziliya terma jamoasi Qozog'iston bilan to'qnash kelib qolishi mumkinligi haqida o'ylab ko'rganmisiz?

- Litvadagi Jahon chempionatida Braziliyaga qarshi o'ynadik. Albatta, bu ikkilamchi hissiyot. Braziliya madhiyasi yangrayotgan chog'i ichimdan qanday hissiyotlar o'tganini faqatgina o'zim bilaman, ammo hakam hushtagidan so'ng etiborimni darvozani qo'riqlashga qarataman. To'g'ri, asli braziliyalikman, lekin mening vatanim Qozog'iston. Ushbu mamlakat menga ko'p narsa berdi va qalbim Qozog'iston uchun borimni berishim kerakligini aytib turadi.


Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика