Lempard jamoaning muammolari qanday bo'layotganini aytdi
01 sen 2019 10:29
Yangiliklar
Lempard jamoaning muammolari qanday bo'layotganini aytdi
Londonliklar ushbu uchrashuvning birinchi bo'limidan keyin 2:0 hisobida oldinda borishayotgandi.
"Muammo faqatgina himoyada emas. Hujumdagi kabi, himoyada ham, biz ura olmagan va o'tkazib yuborgan gollarimizda jamoaviy xato qilyapmiz yoki koncentraciyani yo'qotib qo'yyapmiz. Gol o'tkazib yuborganimizdan keyin o'yinga qayta olmadik, raqib esa jon jaxdi bilan kurashdi. "SHeffild" yaxshi jamoa, shu boisdan 2:0 g'alaba degani emasdi. Tanaffusda yigitlarga hisobni yirik ko'rinishga keltirmasak, ular hisobni 2:2 qila olishi mumkinligini aytgandim. Afsuski, ikkinchi bo'limda tezkor gol qo'yib yubordik, natijada o'yin ularning scenariysi ostida davom etdi. Ochkolar yo'qotilishida individual xatolarni emas, jamoaviy omadsizlikni sabab qilib keltira olaman.
Ammo, men "CHelsi"ni ushbu yosh tarkibini shakllantirishda davom etaman. Bu yoshlarga bunday natijalar hech qachon o'z tasirini o'tkazmaydi", - dedi Lempard.
Fikrlar