Lautaro Martinesning agentlari "Barselona" bilan muzokaralar o'tkazish uchun Ispaniyaga kelishdi
11 sen 2020 20:55
Yangiliklar
Lautaro Martinesning agentlari "Barselona" bilan muzokaralar o'tkazish uchun Ispaniyaga kelishdi
Futbolchining vakillari Kataloniya klubi rahbariyati bilan uchrashish uchun Barselonaga kelishdi, deb xabar berdi TyC Sports.
Oldinroq "Inter" vice-prezidenti Xaver Dzanetti argentinalik hujumchi Lautaro Martinesning ketishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga izoh berib, forvard klubni tark etmasligini aytgandi.
Malum bo'lishicha, "Inter" ispanlardan taxminan 111 million evro so'ragan. "Barselona" koronavirus pandemiyasi sharoitida moliyaviy inqirozni boshdan kechiryapti va bunday summani to'lashga qodir emas.
Martines "Inter"ga 2018 yilning yozida Argentinaning "Rasing" klubidan kelgan. O'shanda uning transfer summasi 25 million evroni tashkil qilgan.
23 yoshli argentinalik hujumchi o'tgan mavsumda Italiya chempionatining 35 uchrashuvida qatnashib, 14 ta gol urdi va 3 ta golli pas berdi.
Fikrlar