"Lautaro "Inter"dan kyetmaydi. U allaqachon buyuk klubda o'ynamoqda". Zanetti "Barsa"ning transfer maqsadi haqida

Alisher
10 sen 2020, 11:33
"Inter" vice-prezidenti Xaver Zanetti forvard Lautaro Martinesning Milan klubida qolishini aytdi.

"U "Inter"dan kyetmaydi. Unga birgina "Barselona" qiziqmayapti, ammo Lautaro allaqachon buyuk klubda o'ynayotganini biladi.

U bu yerda yashash oson emasligiga qaramay, u Italiyadagi hayotidan mamnun. U to'g'ri yo'ldan ketmoqda deb o'ylayman. U bizning hozirimiz va kelajagimizdir va klub uni hurmat qiladi.

Ma'lum bir tovon puliga ega futbolchilar borki, boshqa klub kelsa va bu mablag'ni to'lasa, hech narsa qilib bo'lmaydi. Ammo, Lautaro "Inter"dagi barcha narsadan mamnun - men buni ko'ryapman", - deydi Zanetti.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca