So’nggi yangiliklar

10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  1 09:50Жоау Феликс фаолиятини АПЛда давом эттиради  2 09:47Мўжиза рўй бермади – аммо, ҳали барчаси олдинда. Ўзбекистон – Испания ўйинидан хулосалар  7 09:21Александр Хомяков: «Ёзги йиғинни қандай ўтказганимизни иккинчи давра ўйинлари кўрсатиб беради»  2 08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  16 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0 07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  4 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  3 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  4 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  4 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  8 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  14 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  12 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  21 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6

LaLiga. Prevyu. 16-tur davom etadi Yangiliklar

LaLiga. Prevyu. 16-tur davom etadi

Teglar :  PrevyuPrimera
2016 yilning oxirgi turi, yoxud bugun bizni qanday o'yinlar kutmoqda?

"Sporting" - "Vilyarreal" 17 dekabr, 17.00 (Setanta Sport - Aleziya.com (TAS-IX) )

Avvalgi mavsumning 38-turida bo'lib o'tgan o'yindagi voqealar, ispan futboliga unchalik qiziqmaydiganlarni xayron qoldirgan bo'lsa, ushbu chempionat bahslari va undagi holatdan xabari borlar uchun kutilganidek bo'lgandi. 

U o'yinga uzoq to'xtalmay, bu ishda "Vilyarreal"ning endilikda sobiq bosh murabbiyi, xixonlik Marselino bosh rollardan birini o'ynaganini takidlab o'tamiz xolos. Mayli o'tgan ish, o'tib ketdi. 

Hozir, bugun, vaziyat unday emas va bizni qiziqarli, kurashlarga boy o'yin kutayotganiga ishonib qolamiz. Sababi, favoritlar ochkolarni boshqalar bilan ulashavermaydilar, buning ustiga hal qiluvchi pallalarda.


"Sevilya" - "Malaga" 17 dekabr, 00.45 (Setanta Sport - Aleziya.com (TAS-IX) )


Xuande Ramos - "Sevilya"ga qarshi. La Liga muxlislari uchun Qo'shimcha afishaga xojat yo'q. Bundan 10 yilcha avval UEFA Kubogi (hozirgi Evropa Ligasi)da ketma-ket ikki bor zafar quchgan mutaxassis.

Undan keyin Madridning "Real", Londonning "Tottenxem" va xattoki Moskvaning CSKA jamoalarida aytarli yutuqlarsiz faoliyat olib bordi. Bir oz tanaffusdan so'ng, yana jonajon yurti Ispaniyaga qaytgan murabbiyning hali ham aytadigan so'zi bor ekanligini "Malaga" maydonda ko'rsatib beryapti. Tezkor, quvnoq, jangovar o'yinlar (3:2 s Xixonning "Sporting"i bilan, "Deportivo" bilan 4:3, "Valensiya" bilan esa durrang - 2:2)dan tashqari, zarur vaqtda o'yinni "o'ldira" olayotgan jamoa kimsan "Barselona" bilan ochkolarni bo'lishib oldi (0:0).

"Malaga"ning bugungi kundagi maqsadi jamg'arish mumkin bo'lgan ochkolarning hech yo'g'i 50 %ni qo'lga kiritish va Evrokuboklar zonasiga yaqinlashib olish. 

Bazi mutaxassislar, jamoaning ashaddiy muxlislari xayollarida "Sevilya" xattoki chempionlik uchun kurasha oladigan jamoa bugungi kunda. "Real" va "Barselona"dek ispan futboli gigantlarini oldiga tushishga biroz bordir, lekin klub hozir egallab turgan - 3-o'rnini himoya qila olishga qodir. Tabiiyki, oddiy vaziyatlarda xatoga yo'l qo'yib, ochkolardan maxrum bo'lmasa. 

Murabbiy, jamoalarning xolati, statistika, boshqa-boshqa narsalar o'z yo'liga, lekin niyatlari jiddiy bo'lsa, "Sevilya" bugun g'alaba qozonishi shart! 


"Atletiko" - "Las-Palmas" 17 dekabr, 20.15 (Setanta Sport - Aleziya.com (TAS-IX) )


Logotipni, stadion nomining o'zgartirilishi mumkinligi jamoa o'yiniga hech qanaqasiga tasir etmasligi turgan gap. Ammo bosh murabbiy Diego Simeonening jamoada qolish-qolmasligi haqidagi gap so'zlar maydondagi vaziyatni o'zgartirishi mumkindek. Lekin yarim himoyachi Saul bergan intervyusidan kelib chiqsak (Biz o'lgunimizgacha CHolo bilan birgamiz) xavotirga o'rin yo'qdek. Ha, darvozabon Oblak jarohat oldi, lekin zaxirada undan yomon bo'lmagan Moyya bor-ku. Axir u 2015 yilning fevralida jarohati bois asosiy tarkibdagi o'rnini sloveniyalikka bo'shatib berganini eslang. Grizmann gol urolmayapti va "matraschilar" tarkibiga kelib qo'shilganidan buyon eng yomon seriya (662 daqiqa) ham, umuman bu qiyin davr ham qachondir tugashi kerak. Nega, bu bugungi o'yinda bo'lmasin?

"Las-Palmas" muxlislari sonini sezilarli darajada ko'paytirib olgani aniq. Jamoa xujumkor futbol namoyish etmoqda va ko'plab gollar urishga erishmoqda. Ammo, tanganing ikkinchi tarafi deganlaridek, o'z darvozasidan ham muntazam gol qo'yib yuboryapti. Turnir jadvaliga qaraydigan bo'lsak, jamoaning ishlari joyidaligini ko'ramiz. 21 ochko va Segunda bilan yaqin orada "uchrashuv" bo'lmasligi ehtimoli yuqori. Bundan tashqari, agar futbolchilar sal g'ayrat qilib yuborsalar va 4-pog'ona yuqoriga ko'tarilishni uddalay olsalar, "Salom, Evropa" bo'ladi "Las-Palmas" uchun. 

Bu futbol va unda kutilmagan natijalar bo'lishi hech gap emas. SHunga o'xshash bir nima bo'lib, "Atletiko" bu o'yinda ham ochko yo'qotsa, "indeyslar" kuchli uchlikdan umid uzsalar ham bo'laveradi. Amalda qanday bo'lishini kechroq bilib olamiz.


"Granada" - "Real Sosedad" 17 dekabr, 22.30 

19-pog'onadagi jamoa 5-o'rindagiga qarshi. Bir qarashda, hammasi kundek ravshan, ammo, lekin, biroq... Aslida u qadar ishonch bilan gapirmagan bo'lardik. Surutusa yana jarohat oldi, tarkibda u bo'lmasa, bugungi "Sosedad"ga ishonch yo'q. Jamoa to'purari Villian Xosening maydonga tushishi ham so'roq ostida. Eslatib o'tamiz, hujumchi bu mavsumda 9 ta gol urishga ulgurdi. 

SHu qatorda, "Granada" ham qidirganini topdi chog'i. Lukas Alkaras qo'l ostida jamoa 7 o'yinning 5 tasida ochko ola bildi. G'alabalar, aniqrog'i g'alaba bittagina bo'lsa ham, u navbatdagi raqibdan qolishmaydigan "Sevilya" ustidan qozonilgani etiborga loyiq.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика