So’nggi yangiliklar

03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  22 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  11 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  2 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0

Futzal bo'yicha JCH-2024. O'zbekiston - Paragvay. Prevyu Yangiliklar

Futzal bo'yicha JCH-2024. O'zbekiston - Paragvay. Prevyu

Futzal bo'yicha jahon chempionati "A" guruhi 2-turidan o'rin olgan O'zbekiston - Paragvay uchrashuvi haqida malumot beramiz.

O'zbekiston — Paragvay

"A" guruhi, 2-tur

Humo arena, Toshkent

20:00


FIFA reytingidagi o'rni

O'zbekiston (11)

Paragvay (13)

Uchrashuv haqida

Guruh bosqichining eng murakkab o'yinlaridan biri muxlislar uchun yana bir tomoshabop o'yin taqdim etadi. Husniddin Nishonov va Ixtiyor Ropiev birinchi turda o'z mahoratlarini namoyish etishib, "oq bo'rilar"ga bir ochko taqdim etdi. Endi ular guruhning markaziy o'yinida o'z muxlislarini xursand qilib, 3 ochko qo'lga kiritishga harakat qiladi. "Qizil-oqlar" esa Xaver Adolfo Salas etakchiligida pley-off bosqichiga yo'l olishga umid qilmoqda.

O'yin haqida fikrlar

"Paragvay juda yaxshi jamoa hisoblanadi. Raqib mahoratli o'yinchilarga va katta tajribaga ega. Paragvay allaqachon ilk g'alabasiga erishdi, shu bois ularda bosim kamroq bo'ladi, lekin men muxlislarimiz bizga g'alaba uchun motivaciya bera olishiga ishonaman. Ishqibozlarimiz maydonda bizga qo'shimga o'yinchi vazifasini bajaradi", dedi O'zbekiston futzal terma jamoasi vingeri Husniddin Nishonov.

"Biz Paragvayni bitta maqsad bilan tark etdik: dunyoning eng yaxshi to'rtta jamoasi qatoriga kirish. Guruh g'olibi bo'lish biz uchun juda muhim, chunki nimchorak finalda boshqa guruhda uchinchi o'rinni egallagan jamoaga qarshi o'ynay olamiz. Dastlabki vazifamizni bajardik, endi O'zbekistonni mag'lub etishimiz kerak. Raqib jamoaviy va muxlislar jihatdan yaxshi, lekin men Paragvay jamoasiga juda ishonaman", dedi Paragvay futzal terma jamoasi etakchisi Xaver Adolfo Salas.

Qiziqarli malumotlar

O'zbekiston jahon chempionati tarixida bir nechta marotaba 3:3 hisobida durang o'ynagan yagona jamoadir. "Oq bo'rilar" 2016 yil mezbon Kolumbiya bilan xuddi shunday hisob qayd etishgan.

Karlos CHilavert avvalgi jahon chempionatlarida o'ynagan ishtirokchi to'rtta murabbiydan biri sanaladi. Asunsionlik futbolchi 2004 va 2008 yillardagi mundialda ishtirok etib, Paragvayga Italiya va Portugaliyani ortda qoldirib, guruh peshqadami bo'lishiga yordam bergan.


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика