Evro-2024. Ispaniya - Angliya. Prevyu
14 iyu 14:32
Yangiliklar
O'yin haqida nimalarni bilish lozim?
Finalga etib keldik. To'rt hafta davomida 24 ta jamoa ishtirokidagi qiziqarli turnir ortida qoldi, endi esa oldimizda Evropa chempionatining klassikasiga aylanishi mumkin bo'lgan hal qiluvchi uchrashuv kutib turibdi. Ko'pchilik uchun Ispaniya mazkur turnirning eng yaxshi jamoasi deya etirof etilib, jamoatni hujumkor futbol bilan maftun etmoqda. Luis de la Fuente jamoasida Rodri va Alvaro Morata kabi tajribali o'yinchilarning mahorati yosh Lamin Yamal va Niko Uilyamsning noananaviyligi va istedodi bilan uyg'unlasha oldi. Amaldagi qita chempioni Italiya, musobaqa mezboni Germaniya va doimiy favorit Franciya "qizil furiya" qarshisida taslim bo'lishga majbur bo'ldi. Ispaniya o'z oldiga qo'ygan maqsadini ijobiy yakunlab, Evropa chempionatining to'rt karra g'olibi bo'lishga jiddiy bel bog'lagan.
Ispanlarning yo'lida Angliya turibdi, ular juda sust start olishdi, shunga qaramay, o'z tarixida ikkinchi marotaba finalga yo'l oldi. Yarim finalda Niderlandiyaga qarshi o'yin so'ngida zaxiradan maydonga tushgan Olli Uotkinsning goli Garet Sautgeyt jamoasining boy zaxirali tarkibga ega ekanligini yana bir bor namoyon etdi. EVRO-2020 finalida inglizlar o'z uyida Italiyaga penaltilar seriyasida yutqazishgan edi, ammo endi ular buning oqibatini yaxshi bilishadi va Berlindagi o'yinga ruhan tayyor bo'lishadi. Bundan tashqari, ispanlar inglizlarni unchalik qo'rqitolmaydi: UEFA Millatlar Ligasi doirasida jamoalarning o'zaro so'nggi to'qnashuvida inglizlar Sevilya shahrida 3:2 hisobida g'alaba qozongan. Garchi bu voqea 2018 yil sodir bo'lganiga qaramasdan, o'shanda ham Angliyani Sautgeyt boshqarganini unutmaslik kerak. Xulosa qilib aytganda, kamarlaringizni taqib oling: oldinda bizni buyuk o'yin kutib turibdi.
Taxminiy tarkiblar
Ispaniya: Simon; Karvaxal, le Norman, Lyaport, Kukurelya; Ruis, Rodri, Olmo; Yamal, Morata, Uilyams
Angliya: Pikford; Uoker, Stounz, Gexi; Saka, Meynu, Rays, SHou; Bellingem, Foden; Keyn
Finalga yo'l
Ispaniya
"B" guruhi
3:0 - Xorvatiya (Morata 29, Ruis 32, Karvaxal 45+2)
1:0 - Italiya (Kalafori 55 a/g)
1:0 - Albaniya (Torres 13)
1/8 final
4:1 - Gruziya (Rodri 39, Ruis 51, Uilyams 75, Olmo 83; le Norman 18 a/g)
1/4 final
2:1, qo'shimcha bo'limlar - Germaniya (Olmo 51, Merino 119; Virc 89)
1/2 final
2:1 - Franciya (Yamal 21, Olmo 25; Kolo-Muani 9)
Angliya
"C" guruhi
1:0 - Serbiya (Bellingem 13)
1:1 - Daniya (Keyn 18; Yulmann 34)
0:0 - Slovenii
1/8 final
2:1, qo'shimcha bo'limlar - Slovakiya (Bellingem 90+5, Keyn 91; SHranc 25)
1/4 final
1:1, pen. 5:3 - SHveycariya (Saka 80; Embolo 75)
1/2 final
2:1 - Niderlandiya (Keyn 18 pen, Uotkins 90+1; Simons 7)
Mutaxassislar fikri
Ispaniyalik muxbir Grem Xanter
EVRO-2020 yarim finalida Ispaniyaning Italiyaga qarshi qanchalik yaxshi o'ynaganini hisobga olsak, mazkur qarama-qarshilikga o'tgan turnirning finalida ham guvoh bo'lishimiz mumkin edi. Bu jamoaning bir necha o'yinchilari yakunlangan mavsum Jud Bellingem bilan birga o'ynagan yoki unga duch kelishgan, shu bois ispanlar tomonidan Judning o'yinga tasirini minimallashtirishga qanday harakat qilishlarini ko'rish qiziq bo'ladi. "Qizil furiya" Germaniyada hech bir jamoa shafqat qilmadi: hammasiga gol urishdi. Ispanlar bu erga o'z vazifalarini amalga oshirish uchun kelishgan. Rostini aytsam, Ispaniya jamoasining potenciali biz kutganimizdan ham yuqori deb o'ylayman.
Angliyalik muxbir Jozef Terri
Angliyaning pley-offga yo'l olishi oson bo'lmadi: so'nggi soniyalarda ajoyib kambek, penaltilar seriyasi, niderlandlarga qarshi bahsning 91-daqiqasida Uotkinsning ajoyib goli. SHubhasiz, bu "biz yutqazishimiz mumkin emas" degan mentalitetga xos jamoaning qatiyati va o'ziga bo'lgan ishonchini mustahkamlaydi hamda o'z kuchiga bo'lgan ishonchni oshiradi. EVRO-2020 finalida penaltilar seriyasida mag'lub bo'lganidan keyin Sautgeyt jamoasi o'z milliy sport turida muvaffaqiyatga intilayotgan mamlakat uchun, nihoyat, ushbu sovrinni qo'lga kiritish uchun yana bir imkoniyat mavjud.
Murabbiylar fikri
Ispaniya bosh murabbiyi Luis de la Fuente: "Mening jamoam bundan-da yaxshiroq o'yin namoyish eta olishini bilaman. Ishonchim komilki, shunda bo'ladi ham. Futbol g'oyasi o'ziga bo'lgan ishonchga asoslanadi. Biz o'z salohiyatimizni to'liq namoyon etmoqchimiz. Finalda butunlay boshqacha o'yin bo'ladi".
Angliya bosh murabbiyi Garet Sautgeyt: "Men Angliyani xorijiy mamlakatda o'tkazilayotgan birinchi yirik finalga olib chiqqanimdan juda faxrlanaman. Endi biz hozircha turnirda eng yaxshi jamoa bo'lib turgan Ispaniyani mag'lub etmoqchimiz. Bu qiyin bo'ladi. Ular juda yaxshi pressing qiladilar, shuning uchun biz to'p bilan ham, to'psiz ham ishonchli harakatlanishimiz talab etiladi. Lekin finalda kutilganidan boshqacha o'yin bo'lmaydi".
Eslatib o'tamiz, Ispaniya — Angliya o'rtasidagi final uchrashuvi 15 iyul kuni soat 00:00 da boshlanadi.
Oqil Abdubarnoev tayyorladi.
Fikrlar