So’nggi yangiliklar

23:21"Барселона" собиқ футболчиси "Ювентус"га ўтишга яқин  0 22:55Мбаппесиз: "Реал" АҚШдаги турне учун таркибини эълон қилди  0 22:31"Реал" 2025 йилда Трент ва Дэвис билан текинга шартнома имзолаш устида ишламоқда  2 22:06"Галатасарой" 22 млн еврога РПЛдан ўйинчи харид қилади?  0 21:23"Челси" "Реал" посбони билан шартнома имзоламайди  2 20:56Сержи Роберто "Аякс"га ўтиши мумкин. У "Барса"дан эркин агент мақомида кетади  0 20:31МЮ 25 млн евро эвазига Мазрауининг ўтиши борасида "Бавария" билан келишувга эришди  1 20:04"Атлетико" "Вильярреал" форвардига қизиқмоқда  0 19:32"Тоттенхэм" кореялик ўйинчини трансфер қилди  2 19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  11 18:39"Юве" Копмейнерс бўйича таклифни яхшилайди – олдинроқ хавбек учун 45 млн евро беришганди. "Аталанта" уни 60 миллионга баҳоламоқда  0 18:15"Реал" Карвахаль ва Менди билан келишувни узайтиради  1 17:55Зафармурод Абдираҳматов: "Биз қўлимиздан келганча ҳаракат қилдик, лекин тўп дарвозага киришни истамади"  61 17:32"Интер" ва Дюмфрис йилига 4 млн евро маош билан 2028 йилгача шартнома бўйича келишувга эришди. Дензелга МЮ қизиққанди  1 17:05"Ювентус" "Интер" футболчисига қизиқмоқда, аммо...  1

LaLiga. "Barselona" - "Rayo Valekano" 3:1. Messi va uning jamoadoshlari ishonchli g'alabaga erishdi Yangiliklar

LaLiga. "Barselona" - "Rayo Valekano" 3:1. Messi va uning jamoadoshlari ishonchli g'alabaga erishdi

Kataloniyaning "Barselona" jamoasi "Rayo Valekano" klubini qabul qildi.

Mazkur bellashuvni ushbu sahifada kuzatib borishingiz mumkin. 

Ispaniya chempionati, 27-tur

Barselona – Rayo Valekano 3:1 

9 mart, 22.30, «Kamp Nou»

Gollar: 0:1  25 de Tomas, 1:1 — 39 Pike, 2:1 — 51 Messi, 3:1 — 82 Cuares. 

Barselona – ter Stegen, Pike, Nelson Semedu, Alba, Umtiti, Artur, Vidal, Buskets (Malkom, 85), Koutino (Rakitich, 81), Suares, Messi.

Rayo Valekano – Dimitrievski, Galves, Advinkula, Velaskes, Moreno, Garsiya (Embarba, 80), Imbula, Bebe, Komesanya, Amat (Xose Pozo, 64), de Tomas.

Ogohlantirish: Velaskes (68).

Barcelona

Gerard Pique - 38', Lionel Messi - 51', Luis Suarez - 82'

LaLiga . 27-tur

09/03/2019, 21:30

1
:
3
Tugadi

Rayo Vallecano

Raul de Tomas - 24'

Stadion: Camp Nou, 74158 tomoshabin

Bosh hakam: Mario Melero

45'
90'
38'  Gerard Pique
38'  Lionel Messi
46'  Arthur (Ousmane Dembele)
51'  Lionel Messi
79'  Sergio Busquets
80'  Philippe Coutinho (Ivan Rakitic)
82'  Luis Suarez
82'  Ivan Rakitic
85'  Sergio Busquets (Malcom)
24'  Raul de Tomas
24'  Alvaro Garcia
64'  Jordi Amat (Jose Pozo)
68'  Emiliano Velazquez
80'  Alvaro Garcia (Adrian Embarba)
89'  Giannelli Imbula


                MATNLI TRANSLYACIYA

                        YANGILASH

LaLiga turnir jadvali bilan tanishing>>> 27-TUR

90. Bahs masalasi hal. O'yin o'z nihosiga etdi. 63 ochko to'plagan "Barselona" asosiy raqobatchisi bo'lgan "Atletiko"dan etti ochko oldinda bormoqda.

85. O'zgarish. Busketsning o'rniga Malkom tushdi.

82. Rakitichning maydonga qo'shilishi "Barselona" jamoasining kllassik hujumi va gol bilan yakunlandi. Suares-Rakitich-Suares va gol — 3:1. 

81. "Barselona"da ilk o'zgarish. Koutino o'z o'rnini Rakitichga bo'shatib berdi.  

80. O'zgarish. Garsiya o'rnini Embarba egalladi.

79. "Barsa" futbolchilari piyoda yurib o'ynashmoqda. Bu ularga qimmatga tushmasa bo'lgani.

75. Tomasning zarbasi ter SHtegen qo'riqlayotgan darvozaga etib bormadi. "Barselona" qo'rg'oni mustahkam va u soz ishlamoqda. 

74. "Rayo Valekano" jamoasi LaLiga jadvalida oxirgidan ikkinchi o'rinda bormoqda.

69.  Himoyachi Moreno ortga tisarildi va darvozadan turib boshi bilan Messining zarbasini sakragan holda qaytardi. Mana himoyachi qanday bo'lishi kerak.

68. Sariq kartochka! Suares oyoqlariga tashlangan Velaskes ogohlantirildi. Messining nuqtasi va u zarba beradi. 

66. ZARBAAA! Mehmonlar jonlanishdi. Biroz avval maydonga tushgan Pozo xavfli zarba berdi, lekin noaniq. 

64. O'zgarish. "Rayo Valekano" safida harakat qilgan Xordi Amat o'rniga Xose Pozo maydonga tushirildi. Himoyachi o'rniga yarim himoyachi. Kutilgan yurish amalga oshirildi.  

58. 13-mart kuni ECHL nimchorak finalning javob uchrashuvida "Barselona" Franciyaning "Lion" jamoasini qabul qiladi. Birinchi o'yin 0:0 hisobida yakunlangan.

54. "Rayo" barchasini endi minusdan boshlashi kerak. Ispaniya OAV nashrlarida elon qilinayotgandek, bugungi mag'lubiyat "Valekano"da bosh murabbiy istefosiga sabab bo'ladi. 

51. GOL! MESSIning gollari soni 651taga etdi. Uning hisobida 267 ta assist bor.

Ikkinchi bo'lim boshlandi. Penalti! Messi bugun faoliyatidagi 800- uchrashuvini o'tkazmoqda. 

45+1. Birinchi bo'limda yuqori templi o'yin guvohi bo'ldik. Hozircha kuchlar teng — 1:1. Tanaffus.

44. Uchrashuv haqida horijdagi futbol ishqibozlari bilan suhbatlashmoqchi bo'lsangiz, #BarcaRayo hesh-tegi orqali tvitterda izoh qoldirishingiz ham mumkin. 

43. Messi, Messi, ajoyib dribling, shunchaki uning o'yinidan zavq olib qolish kerak!

39. GOOOL! Messining jarima maydonchasiga uzatmasini Pike bu safar golga aylantirdi — 1:1. Bosh bilan ajoyib gol urildi. 8-martga atalgan gol, ha Pike shunga shama qilmoqda. 

38. Vidalga nisbatan yana bir qo'pollik. Messi jarima zarbasini tepadi.

33. Messining navbatdagi yurishi ham samara bermadi. Oq rangli libosdagi futbolchilar uni juda qattiq qo'riqlashmoqda. Messi to'p bilan hujum o'tayotgan vaziyatda uning atrofida 4-5 nafar raqib futbolchilari girdikapalak. Ammo, bu "Rayo" foydasi uchun ishlayotganligini aytish kerak. 

31. Pikening zarbasi noaniq ketdi. Unga Leo Messi to'pni tashlab bergandi. 

25. GOOOLLL! Bu vaziyatda Vidal xatoga yo'l qo'ydi va qarshi hujumda de Tomas ajoyib gol muallifiga aylanmoqda. Hisob 0:1. Hujumchiga shunchaki Respekt. Valkerde jamoasi kichik imtihonga duch keldi. Ko'ramiz, kataloniyaliklar qanday yo'l tutisharkin. 

23. SHunday futbolchilar borki, to'pga teginmay turib ham futbol jozibasini ko'rsata olishadi. Gap kim haqida ketayotganini tushundingiz. 

21. Vidalga nisbatan kichik fol ishlatildi. U biroz oqsoqlanmoqda. Messi ham hujumga o'tgan pallada to'xtatib qolindi. "Valekano"ning uchrashuv boshidagi vajohatidan asar ham qolmadi.  MESSI! Yana zarba va darvozabondan ajoyib seyv. 

19. Suares jarima maydonchasi atrofidan darvoza burchagini nishonga oldi, ammo darvozabon vaziyatni nazorat qilib turgan edi — 0:0. 

18. Kecha saytimizda Messining ECHLdagi birinchi penta-trik qayd etgan uchrashuvi haqida malumot bergandik. Agar uning "Bayer" darvozasiga kiritgan beshta golini ko'rmagan bo'lsangiz, xavotirga o'rin yo'q. Marhamat, ushbu havola orqali bemalol tomosha qilib olishingiz mumkin.

ECHL. Messi birinchi marta penta-trikka erishgan o'yinga ham 7 yil bo'ldi

16. Zaxirada o'tirgan Rakitich bahsni xotirjam kuzatib bormoqda. 

15. Buyog'iga endi qamal boshlandi. Tiki-taka Artur, Messi va Koutino ijrosida bo'lmoqda. "Rayo" himoyachilari ancha zich joylashib olishgan. 

14. LaLiga etakchilari bu qarama-qarshilikda kim favorit ekanini ko'rsatishga kirishib ketishdi. Birin-ketin hujumlar yomg'iri "Rayo Valekano" jarima maydonida sharros quya boshladi. To'p nazorati ham Messi boshqaruvida va unga jamoajoshlari yaqindan yordam bnrishmoqda. Koutino bu borada ancha faolligini aytish joiz. 

9. "Rayo Valekano" bugun ancha hujumkor va ishtiyoqi baland holda o'ynayotgani ko'rinib turibdi. Boshlanishi yomon emas. Ammo, kataloniyaliklar raqiblar o'yiniga xotirjamlik bilan o'ynashmoqda. 

5. UXX. Mehmonlar "Barsa" jarima maydonchasida o'ziga xos vahima uyg'otishdi. Har holda ular o'yin qoidasi buzilgan va penalti berilishi kerak deb hisoblashmoqda. O'yinni boshqarayotgan Mario Merelo esa bunga ishonmadi. Bahs davom etadi.

1. Uchrashuv boshlandi.

— Assalomu alaykum! "Barselona" va "Rayo Valekano" uchrashuvini kuzatib borishga taklif qilamiz.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика