"Lacio" germaniyalik futbolchi uchun "Milan" bilan kurashadi
24 iyu 2020 01:05
Yangiliklar


"Lacio" germaniyalik futbolchi uchun "Milan" bilan kurashadi
Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Mario Gyotce faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin, deya xabar qildi Calciomercato.
Oldinroq Gyotcening "Borussiya" safida boshqa maydonga tusholmasligi to'g'risida xabar qilingandi.
Italyan klublari oldidagi yagona muammo futbolchining maoshi bo'lib turibdi. Mario yiliga 10 mln evro ish haqi olishni istayapti. Bunga qadar unga "Gerta" va "Nicca" klublari davogarlik qilayotgani haqida malum qilingandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar