So’nggi yangiliklar

08:07Суперлига. Бугун Наманган ва Тошкентда ўйинлар бор  0 07:42Туркия Суперлигаси. «Кайсериспор» Шукуров тўлиқ ўйнаган баҳсда дуранг қайд этилди  0 07:20МЛС. "Интер Майами" - "Нью-Йорк Ред Буллс" 6:2   0 07:15МЛС. «Интер Майами» «Нью-Йорк Ред Буллс»ни «сочиб ташлади». Суаресдан хет-трик  16 06:55Серия А. "Сассуоло" - "Интер" 1:0   0 06:50Саудия чемпионати. "Ал Насср" - "Ал Веҳда" 6:0   0 06:45ЛаЛига. "Мальорка" - "Атлетико Мадрид" 0:1   0 06:40ЛаЛига. "Жирона" - "Барселона" 4:2   0 06:35ЛаЛига. "Реал Мадрид" - "Кадис" 3:0   0 06:30АПЛ. "Манчестер Сити" - "Вулверхэмптон" 5:1   0 06:25АПЛ. "Арсенал" - "Борнмут" 3:0   0 06:20Бундеслига. "Штутгарт" - "Бавария" 3:1   3 06:15Бундеслига. "Боруссия Д" - "Аугсбург" 5:1   0 01:41А Серия. Аллақачон чемпионликка эришган "Интер" А Сериядаги иккинчи мағлубиятини қабул қилиб олди  6 01:23"Жирона" Чемпионлар лигасига чиқди! Жамоа тарихида илк бор еврокубокларда иштирок этади  4

La Liganing o'rtamiyona klublaridagi iqtidorlar. Yaqinda ularni top-klubda ko'rasiz Yangiliklar

La Liganing o'rtamiyona klublaridagi iqtidorlar. Yaqinda ularni top-klubda ko'rasiz

Hozir muxlis bo'lib qo'ysangiz, keyin glor deyishmaydi.

Hozirning o'zida bu yosh yigitlar Ispaniya chempionatida yorqin o'yinlari bilan muxlislar mehrini qozonib ulgurdi.


Gabriel Veyga, 21 yosh, markaziy yarim himoyachi – "Selta"

Etibor bering - La Liga shu mavsumida, ortda qolgan o'yinlar umumiy vaqtini yarmi va undan ko'prog'ini maydonda o'tkazgan futbolchilar ichida faqatgina ikki nafari vaqt/gol ko'rsatgichi bo'yicha (penaltini inobatga olmay) Gabri Veygadan yaxshiroq natijaga ega. Yosh iqtidorga gol urish uchun o'rtacha 168 daqiqa etarli bo'lmoqda. Faqatgina Alvaro Morata (135) va Robert Levandovski (118)da ko'rsatkichlar yaxshiroq. Veygani qanday nomlar qatorida va kimlardan yuqoriroqda tilga olayotganimizni sezdingiz-a? Yana bir tomoni borki, Morata ham, Levandovski ham markaziy hujumchilar. Gabri Veyga esa — boks-tu-boks o'ynaydigan yarim himoyachi. 08/09-yilgi mavsumdan buyon markazning faqat 5 nafar vakili 10 va undan ko'proq gol urishga muvaffaq bo'lgan: Xavi (11/12), Fabregas (12/13), Xames (14/15), Isko (16/17) va Markos Lorente (20/21).

Veyga bu mavsum juda faol va "Selta" markazi bunga zamin yaratayotgandek. Turli metrikalar bo'yicha Gabri La Liganing eng yaxshilari qatorida, bazi yo'nalishlarda esa eng yaxshisi bo'lib turibdi. U barcha yarim himoyachilar ichida ehtimoliy xavf yaratish bo'yicha etakchi, shu bilan birga raqib darvozasiga eng ko'p zarba bergan – 47 ta. Bundan tashqari u sheriklari uchun ham vaziyat yaratadi. Opta malumotlariga ko'ra, uning hisobida, uzatmadan keyin sherigi gol urishi kerak bo'lgan vaziyat yaratish punktida 9 raqami ko'rsatilgan. SHuningdek u raqib jarima maydonchasi ichida to'pga 50 va undan ko'proq marta teginganlar, o'z poziciyasi vakillari ichida, TOP-5ga kiradi.

Bu jihatlarning barchasi ispaniyalik markaziy yarim himoyachi bo'lishiga qaramay, chindan raqib darvozasi oldida vaziyat yaratish, xavf solish va zarba berish bo'yicha juda foydali harakat qilayotganini isbotlaydi. Uning ko'plab hujumkor ko'rsatkichlarini bevosita hujumchilarniki bilan taqqoslayversa bo'ladi. Boks-tu-boks rolida esa u ispaniyalik hamkasblaridan ko'ra ko'proq Jud Bellingemni eslatib yuboradi.

Yoshlar terma jamoalaridagi sheriklari uzatmalar yordamida raqib jarima maydoniga etib borishni xush ko'rsa, Gabri raqib jarima maydonchasiga tezlikda, kerak bo'lsa to'p bilan, yorib kirishga intiladigan futbolchilarni eslatib yuboradi. Biroq shu bilan birga vaziyat taqozo qilsa, u hujum tempini o'zgartirishi, ehtiyotkor uzatma bilan o'yinni tinchlantira olishi mumkin.

Yaqinda o'tgan matubot anjumanida "Selta" prezidenti Karlos Mourino futbolchini yangi mavsumda ham jamoada saqlab qolishni istashi, ammo vaziyatdan kelib chiqib, uning ketishiga to'sqinlik qila olmay qolishi mumkinligini tan oldi. Bunga jiddiy sabablardan biri, balki asosiysi – 40 mln evroga teng o'yinchi shartnomasida ko'rsatilgan tovon puli. Transfer bozoridagi narx-navodan kelib chiqsak, top-klublar uchun bunday narxga yosh, sifatli markaziy himoyachi ajoyib xarid bo'ladi. Prezidentning aytishiga ko'ra, Angliyaning TOP-10 klublarining 4 tasi yarim himoyachi transferi borasida ispanlar bilan aloqaga chiqib ulgurgan.


Arnau Martines, 19 yosh, o'ng qanot himoyachisi– "Jirona"

Bu mavsum faqat "Barselona", "Real» Madrid" va "Atletiko" "Jirona"dan ko'proq gol urishdi. Himoyachi haqidagi abzac uchun qiziq start. "Jirona" chindan bu borada yaxshi o'yin ko'rsatyapti. Jamoa to'pni va ustunlikni o'zida ushlab turib, raqibga o'z so'zini o'tkazishga urinmoqda. Buni amalga oshirish uchun esa tezkor va xuddi shunday tez fikrlaydigan futbolchilar talab qilinadi.

19 yoshida Arnau Martines bu boradagi eng ishonchli futbolchilar qatoriga kiradi. Faoliyatini markaziy himoyachi sifatida boshlagan, keyinroq o'ng qanotga ko'chirildi va oldinroqqa chiqarildi. Endi bo'lsa u chempionatning eng samarali himoyachilaridan biriga aylandi.

Kim bilmasa aytib qo'yay, "Jirona" – "City Football Group"ga tegishli jamoalardan biri. Loyihaning eng tepasida esa "Manchester Siti" turadi. Yaqinda "Jirona" murabbiyi Mishel Relevo"ga bergan intervyusida "Siti Grupp"dan jamoaning o'tgan mavsumdagi ishtiroki bo'yicha hisobotni olganini malum qildi. Ularda murabbiyning ish uslubiga ijobiy baho berilib, qator salbiy natijalarga qaramay, jamoa to'g'ri yo'nalishda ekanligi va shuning uchun ham tanlagan yo'lida davom etishi so'ralgan.

"Manchester Siti" bilan aloqa Mishelga Pep Gvardiola tomon eshiklarni ochadi. Bu g'oya bevosita Gvardiola chiqishi mumkin yoki shunchaki o'ziga tegishli bo'lgan klublarni uzoqdan tomosha qilib, zavqlanish davomida yuzaga kelishi ham mumkin. 

Arnau – fullbek, ammo bu poziciyaning yangi avlod vakili hisoblanadi. Vaziyatdan kelib chiqib, qo'shimcha yarim himoyachi sifatida harakat qilishi ham mumkin. Bunday narsani Gvardiola tizimida juda ko'p ko'rish mumkin. "Jirona" odatda 4-3-3 taktikasidan boshlab, u 3-2-4-1ga o'zgaradi va aynan Arnau jamoa to'p bilan muomala qilganda markaziy yarim himoyachi vazifasini o'z bo'yniga oladi.

Martines "Barselona" akademiyasida katta bo'lgan va malum yosh toifasidagi jamoa sardori ham bo'lgan, biroq La Masiya vakillari o'smirning iqtidorini ko'ra olishmaydi va uni qo'yib yuborishadi. Erkin parvozga chiqqan Arnauni "Jirona" yoshlar jamoasiga chaqirishadi. Kattalar futbolida qisqa vaqt ichida Arnau ulkan salohiyatga egaligi va La Masiya adashganini isbotlab ulgurdi.

"Barselona" sobiq futbolchisini ortga qaytara oladimi va buni o'zi istaydimi – savol ochiqligicha qolmoqda. Kataloniyaliklar hozircha sud ishi bilan ovvora va hali ham moliyaviy feyr-pley sabab imkoniyatlari cheklangan. Bunday vaziyatda iqtidorli futbolchi xizmatlariga boshqa top-klublar ham qiziqish bildirishi mumkin, misol uchun o'sha "Manchester Siti".


Aleks Baena, 21 yosh, chap qanot vingeri – "Vilyarreal"

Baena o'tgan yoz "Vilyarreal" safiga borib qo'shildi va bugungacha barcha musobaqalarni hisobga olganda 10 ta gol urishga ulgurdi. Bir muncha yosh va mavsumni chuqur zaxira o'yinchisi sifatida boshlagan vinger uchun yomon ko'rsatkich emas-a? 10 ta golidan tashqari u 5 ta golli uzatma ham etkazib berdi, lekin bundan hayron bo'lmang – u yaratuvchilik qobiliyati tufayli muntazam ravishda raqib darvozasi oldida xavf tug'diradi.

Joriy mavsumda Evropaning Top-5 ligasida 900 daqiqa va undan ko'proq o'ynagan futbolchilardan faqat bittasi Baenadan (1,9) ko'ra o'rtacha har 100 ta uzatmasidan kesib berilgan paslari ko'proq. Va bu chinakamiga munosib nom, "kesib berilgan uzatmalar qiroli" Lionel Messi (2,4).

Umuman olganda faqatgina uch futbolchi bu mavsumda har 90 daqiqada Baena (1,0)dan ko'ra yaxshiroq natija ko'rsatishmoqda. Bu, albatta, Messi (2,0), Neymar (1,5) va Pedri (1,1). "Vilyarreal" yarim himoyachisi misol uchun APLda bu borada eng zo'ri deb tan olingan Kevin De Bryuynedan oldinda.

Kreativlikka keladigan bo'lsak – masalan sherigiga zarba uchun vaziyat yaratishda, La Ligada, Baena har 90 daqiqada 1,6 tadan golli imkoniyat yaratib bermoqda. Bu David Silva bilan deyarli teng. O'tgan mavsumni "Jirona"da ijarada o'tkazib, Aleks "sariq submarina"ga tayyor, o'z kuchiga ishongan futbolchi bo'lib qaytdi. Lekin uzoq ushlanib qolmasa kerak. Bu mavsumda u ko'rsatayotgan hislatlar Evropaning deyarli istalgan top-klubiga zarar qilmasdi. Bitta savol qolmoqda, Baenaning o'zi bunga qanchalik tayyor?


soccer.ru syatidan tarjima qilindi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика