Inigo Martines "Barsa" haqida: "Hech kim shubhalanmasin - biz albatta qaytamiz"
07 may 23:49
Yangiliklar


Inigo Martines "Barsa" haqida: "Hech kim shubhalanmasin - biz albatta qaytamiz"
Inigo Martines Chempionlar Ligasidan chiqib ketganiga qaramay, "Barsa" bilan faxrlanmoqda.
"Barselona" ECHL yarim finalining javob uchrashuvida "Inter"ga mag'lub bo'lib (3:4), musobaqani tark etdi. Inigo Martines ushbu o'yin haqida fikr bildirdi.
"Men butun jamoamizning mehnati va erishayotgan yutuqlarimizdan faxrlanaman. Hech kim shubhalanmasin - biz albatta qaytamiz.
Bu hali hammasi emas... Yakshanba kuni, "Madrid"ga qarshi olg'a boramiz".
Biz hamon birdammiz va birga harakat qilmoqdamiz", - deya yozdi kataloniyaliklar himoyachisi Martines.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Olgʻa Barsa