Rasman. "Al Nassr" navbatdagi transferini e'lon qildi

Khoja
10 avg 2025, 07:30
"Barselona" himoyachisi Inigo Martines rasman faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettiradi.

34 yoshli futbolchi "Al Nassr" bilan shartnoma imzoladi. Futbolchi jamoaga erkin agent sifatida o'tdi va 2026 yilning oxiriga qadar shartnoma imzoladi. 

Inigo Martines 2023 yildan beri "Barselona"da harakat qilib kelayotgandi. U kataloniyaliklar safida jami 71 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning hisobida 3 ta gol va 6 ta golli uzatma bor. 

Shuningdek, himoyachi Ispaniya MTJ safida ham 21 ta bahsda maydonga tushgan.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.asia