

Bu haqda Sport.es xabar berdi.

Manba ma'lumotlariga ko'ra, ko'k-anorranglilar 34 yoshli futbolchining mehnat shartnomasini 2027 yilgacha cho'zmoqchi. Klubdagilar Martinesning yetakchilik qobiliyatlarini, shuningdek, joriy mavsum davomida himoyada o'ynashda Pau Kubarsi bilan hamkorligini sezilarli darajada yaxshilaganini takidlamoqda. Jamoa bosh murabbiyi Hans-Diter Flik ham Martinesning shartnomasi uzaytirilishini xohlamoqda.
Martines joriy mavsumda barcha musobaqalarda 46 ta o'yinda ishtirok etib, 3 ta gol urdi va 6 ta gol uzatmasi berdi.



