Abdixoliqov va Jaloliddinov o'ynayotgan "Sumqayit"da bosh murabbiy ishdan ketdi
13 may 11:10
Yangiliklar
Abdixoliqov va Jaloliddinov o'ynayotgan "Sumqayit"da bosh murabbiy ishdan ketdi
Ozarbayjonning "Sumqayit" klubi bosh murabbiy Vagif Javadov bilan shartnomani bekor qildi.
Bu haqda klub matbuot xizmati malum qildi.
"Sumqayit" futbol klubi bosh murabbiy Vagif Javadov bilan o'zaro kelishuv asosida shartnomani bekor qildi. Javadov murabbiylik faoliyatini klubimiz jamoalaridan birida davom ettiradi", – deyiladi rasmiy xabarda.
Qayd etish joiz, Vagif Javadov "Sumqayit"ni 28 uchrashuvda maydonga boshlab tushdi va 7 g'alaba, 6 durang va 15 mag'lubiyat qayd etdi. Jamoa so'nggi bor Ozarbayjon Premer-ligasi 34-turida "Kapaz"dan engilgan edi.
"Sumqayit" hozir 30 ochko bilan 9-o'rinni band etib turibdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Расман: Тимур Кападзе — "Навбаҳор" бош мураббийи!
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Жирона"ни мағлуб эта олмади
Суперлига. Голи инобатга олинмаган ва бир киши кам қолган "Пахтакор" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотганига қарамай, мавсумни иккинчи ўринда якунлади
Туркия Суперлигаси. "Башакшехир" меҳмонда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаев гол урди!
Fikrlar