La Ligaga chiqqan so'nggi klub nomi malum bo'ldi
24 avg 2020 13:47
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/588542_original.jpg)
![](/upload/storage/588542_220.jpg)
La Ligaga chiqqan so'nggi klub nomi malum bo'ldi
Valensiyaliklar ("Elche") La Ligaga yo'llanma olishdi.
"Oq-yashillar" o'tish turnirining finalida ikki o'yin natijasiga ko'ra "Jirona"ni mag'lub etdi. "Jirona" uyida o'tgan dastlabki o'yinda 0:0 hisobi qayd etildi. Javob o'yinida "Elche" 90+6 daqiqada Millaning urgan goli evaziga g'alaba qozondi. "Jirona" safida esa Urugvay terma jamoasi o'yinchisi Kristian Stuani (61-daqiqa) qizil kartochka olib maydonni tark etdi.
Eslatib o'tamiz, Segundada yuqori o'rinlarni qo'lga kiritgan "Ueska" va "Kadis" La Ligaga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmani qo'lga kiritdi.
"Elche" mavsumni 6-o'rinda yakunladi va Ispaniyaning yuqori divizioniga chiqish uchun uchinchi yo'llanma (o'tish turniri orqali)ni qo'lga kiritdi.
O’xshash yangiliklar
21:03
Abduvohid Nematov: "Jamoamiz ochko olishida o'z hissamni qo'shmoqchi edim, ammo bu nasib qilmadi" 30
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar