La Ligada mavsumning eng yaxshi murabbiyi aniqlandi, u "Real" va "Barselona" ustozi emas

Оқил Абдубарноев
29 may 2024, 00:10
Ispaniya La Ligasining 2023/24 yilgi mavsumdagi eng yaxshi murabbiyi aniqlandi.

“Jirona” ustozi Michel Sanches Ispaniya La Ligasida 2023/24 yilgi mavsumning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

48 yoshli mutaxassis qo'l ostida jamoa Ispaniya chempionatida 3-o'rinni egalladi va o'z tarixida ilk bor Yevropa Chempionlar ligasiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

Ushbu sovringa Karlo Anchelotti ("Real"), Ernesto Valverde ("Atletik"), Diego Simeone ("Atletiko") va Marselino Garsiya Toral ("Vilyarreal") ham da'vogarlik qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: x.com/LaLiga