So’nggi yangiliklar

01:48Галлахер "Атлетико"га ўтишни хоҳламоқда  0 01:25"Ювентус" Йилдизни қўйиб юборишни хоҳламаяпти  0 00:57"Атлетико" "Челси" ўйинчисининг трансфери бўйича ишларни бошлаб юборди  0 00:29Игорь Сергеев ҳаракат қилаётган "Патум Юнайтед" жамоаси ўртоқлик ўйинида ЕЧЛ финалчиси "Боруссия"ни тор-мор келтирди!  0 23:55"Барселона" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олмоқчи  2 23:27Жамшид Саидов: "Бизда юқори мақсадлар йўқ, вазифа ўтган мавсумдан кўра яхшироқ иштирок этиш"  1 22:57"Бунёдкор" иккинчи даврада уйғонадими? Тайёргарлик қандай кетяпти? Илёс Зейтуллаев барча саволларга жавоб берди  4 22:23Расман: Шерзод Эсанов "Андижон"дан РПЛ клубига ўтди  15 21:27"Байер" Гюлерни ижарага олмоқчи эди. "Реал" ҳам, ўйинчи ҳам бунга қизиқиш билдиришмади  2 20:58Винисиус Мбаппе, Беллингем ва Эндрикнинг "Реал"га ўтишида таъсир қилган  10 20:21Максим Шацких: "Ёзги трансферлар ойнасидаги режамизни тўлиқ бажардик. Элит Осиё чемпионлар лигасидаги иштирокимиз ҳам қизиқарли кечиши аниқ"  20 19:47МЮ Амрабатни "Фиорентина"дан 20 млн евро эвазига харид қилмайди, аммо...  2 19:09Баҳром Ҳайдаров: "Қолган жамоалар ҳам ухлаётгани йўқ. Иккинчи даврада камида 30 очко тўплашимиз керак"   6 18:58Ламела Греция клуби билан шартнома имзолади  2 18:24"Ал Иттиҳод" АПЛдаги ўйинчи учун 51 млн фунт тўлайди  2

La Liga. "Barselona" so'nggi daqiqalarda urilgan gollar evaziga mehmonda "Vilyarreal"ni taslim etdi Yangiliklar

La Liga. "Barselona" so'nggi daqiqalarda urilgan gollar evaziga mehmonda "Vilyarreal"ni taslim etdi

Ispaniya chempionati 15-turidan joy olgan uchrashuv tafsilotlarini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.

Vilyarreal – Barselona 1:3 

«Estadio de la Seramika»

Gollar: CHukvueze 77' – de Yong 49', Depay 88', Koutino penalti 90+4'

Vilyarreal – Ruli, Foyt, Albiol, Pau Torres, Pino (CHukvueze, 65), Pedrasa (Estupinyan, 65), Moyses Gomes, Kapu, Parexo, Trigeros (Raba, 85), Danjuma.

Barselona – ter Stegen, Arauxo, Pike, Erik Garsiya, Alba (Mingesa, 71), Buskets, de Yong, Niko Gonsales, Ezzalzuli (Dembele, 66), Gavi, Depay.

Ogohlantirishlar: Alba (26), Pino (26), Pike (44), Raba (90).

Bahs yakunlandi. SHu tariqa, Xavi qo'l ostidagi jamoa safarda ishonchli g'alabaga erishdi. Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi o'yinlarda g'oyibona ko'rishguncha!

90+4. GOOOOOOOOOOL! Koutinoning o'zi penaltini muvaffaqiyatli ijro etdi – 1:3! 

90+3. Penalti!  Foyt Koutinoga nisbatan qoidani buzdi. "Barselona" penalti tepadi.

90+3. "Barselona" to'pni o'zida saqlab, o'yinni nazorat qilmoqda. 

90. Ikkinchi taymga 6 daqiqa qo'shildi.

90. Raba Koutinoni turtib yuborgani bois ogohlantirildi. 

90. Dani Rabaning uzatmasidan keyin himoyachilar ishonchli o'ynashdi va to'pni tepib yuborishdi.

88. GOOOOOOOOOOOOOL!  Memfis Depay darvozabon va himoyachini aldab, "Barselona"ni hisobda oldinga olib chiquvchi golni urdi – 1:2!

85. "Vilyarreal"da almashtirish: Trigeros o'rniga Raba o'yinga qo'shildi.

84. Arno Danjumaning zarbasi!  Zarba sal noaniq ko'rinish kasb etdi.

82. Estupinyan qulay poziciyada paydo bo'ldi va o'sha joyda to'pni qabul qilib oldi. Keyin esa u yo'llagan zarba raqibga tegib qoldi.

81. "Barselona"da o'zgarish: Niko Gonsales o'rniga Koutino maydonga tushdi.

80. Manu Trigeros ichkariga yorib kirishga urindi, ammo Mark-Andre ter SHtegen darvozadan chiqib kelib, to'pga egalik qildi.

77. GOOOOOOOOOOOOOOL! Manu Trigerosning pasidan so'ng Samuel CHukvueze chap oyoqda yo'llangan zarbasi orqali hisobni tenglashtirdi – 1:1! 

75. Zarba! CHukvuezening uzatmasidan so'ng Manu Trigeros darvoza tomon zarba yo'lladi. To'p darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi.

73. Gavi ichkarigva qaltis pas uzatdi, ammo himoyachilar to'pni uzoqlashtirishni uddalashdi.

71. "Barselona"da o'zgarish: jarohatlangan Alba o'rniga Mingesa o'yinni davom ettiradi. 

70. Jordi Alba shifokorlarni maydonga chorlamoqda. U o'zini noqulay his etyapti.

69. Eten Kapu yaxshi o'ylangan uzatmani amalga oshirdi, biroq raqib jamoa himoyachilari xavni bartaraf etishdi.

66. "Barselona"da almashtirish: Ezzalzuli o'rniga Dembele o'yinga qo'shildi.

65. "Vilyarreal"da 2 ta o'zgarish: Pino o'rniga CHukvueze, Pedrasa o'rniga Estupinyan tushdi.

64. Arno Danjuma ichkaridagi sherigini izlashga kirishdi va uni pas bilan taminlashga urindi, ammo himoyachilardan biri ustamonlik bilan vaziyatga aralashdi. "Vilyarreal"da burchak zarbasi.

60. Zarbaaaa!  Arno Danjumaning zarbasi xavfli chiqdi. To'p chap ustunning yonginasidan o'tib ketdi. Endi "Barselona" darvozaboni to'pni o'yinga kiritadi. 

56. Zarbaaa!  Memfis Depayning zarbasi Ruliga noqulaylik tug'dirmasdan qolmadi. 

55. Eremi Pino to'pni olib qo'yish vaqtida Albaga nisbatan juda tajovuzkor edi. Hakam bunga befarq qaramadi.

51. GOOOOOOOOOOOOOOOL!  Gol VARda tekshirildi va inobatga olindi. Frenki de Yong hisobni ochdi! 

49. Gol! Frenki de Yong gol urdi, ammo u ofsayd tufayli bekor qilindi.

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

Birinchi taym tugadi. Hozircha hisob ochilmadi – 0:0. Tanaffus! 

45+2. Raul Albiol Depayni qo'pollik evaziga to'xtatib qoldi.

45. Birinchi taymning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi. 

44. Jerar Pike taktik folga qo'l urgani bois sariq kartochkaga loyiq ko'rildi.

42. Nikolas Gonsales "podkat" orqali Manu Trigerosni yiqitdi.

39. Zarbaaa!  Arno Danjuma birga-bir vaziyatga chiqib borib, zarba berdi. Mark-Andre ter SHtegen jamoasi joniga ora kirib, zarbani qaytardi. Qoyilmaqom seyv!

39. O'yin davom etadi. Pau Torres uzun pasni amalga oshirdi, ammo to'p maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

37. O'yin to'xtab turibdi. Ronald Arauxoga tibbiy yordam namoyish qilinmoqda.

36. Alfonso Pedrasa hujum chog'ida Ronald Arauxoga nisbatan qoidani buzdi.

33. Zarba! Pau Torres yakkakurashda g'olib chiqdi va bosh bilan muvaffaqiyatsiz zarba berdi. To'p darvoza to'sini tepasidan o'tib ketdi.

33. Alfonso Pedrasa oldinga qarab intildi, ammo Arauxoning qarshiligiga duch keldi.

30. Arno Danjuma qulay imkoniyatga ega bo'lishi mumkin edi, ammo u o'yindan tashqari holatda ekanligi malum qilindi.

27. Burchakdan uzatilgan to'p Pinoga etib keldi. Uning bosh bilan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.

26. Alba va Pino o'zlarini yaxshi tutmaganliklari uchun jazolanishdi.

26. Manu Trigerosning kuchli zarbasiga aniqlik etishmadi.

23. Moyses Gomes yaxshi imkoniyatga ega bo'lishi mumkin edi, ammo ofsayd qayd etildi.

21. Jordi Alba juda qo'pol o'ynadi. Yana Pino jabr chekdi.

19. Qanday vaziyat!  Memfis Depay ichkarida pas qabul qilib olib, birga-bir holatga chiqdi va zarba yo'lladi, noaniq. Dahshat!

17. Gavi Eremi Pinoga nisbatan qo'pollik ishlatdi. 

15. Jordi Alba jarohatlangan ko'rinadi. Unga tibbiy yordam zarur.

14. "Barselona" o'z uslubiga sodiq qolgan holda, jamoaviy tarzda paslashmoqda.

11. Jordi Alba markaz tomon yaxshi pasni amalga oshirdi, biroq Jeronimo Ruli to'pga birinchi bo'lib ega chiqdi.

9. Zarbaaa!  Gavining chap oyoqda bergan zarbasi o'ng tarafdagi darvoza ustuni oldidan o'tib ketdi.

8. Zarba!  Memfis Depay Frenki de Yongning pasidan keyin kuchli zarbasi orqali darvozani ishg'ol qilishiga oz qoldi.  

7. Zarba!  Arno Danjumaning olisdan yo'llagan zarbasi yo'liga himoyailar to'g'anoq bo'lishdi.

5. Zarba!  Ezzalzuli burchak zarbasi orqali ichkariga oshirilgan to'pdan so'ng ikkinchi qavatdagi ustunligi evaziga bosh bmlun zarba berdi. Darvozabon qoyilmaqom sakrash orqali to'pni qaytarishga erishdi.

4. Abde Ezzalzuli ochilib borayotgan sherigi Memfis Depayga pas uzatdi. Ammo himoyachilardan biri to'pni uzoqlashtira oldi.

2. O'yin keskin kurashlar bilan boshlandi. Daniel Parexo maydon markazida Serxio Busketsga nisbatan qo'pollik ishlatdi.

1. O'yin boshlandi!

- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

- O'yin Toshkent vaqti bilan 01:00 da boshlanadi.

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Bugun Xavi boshchiligidagi "Barselona" mehmonda Unai Emeri qo'l ostidagi "Vilyarreal" jamoasi maydonida mehmon bo'ladi. Ushbu bahsni yaqin 2 soat ichida siz bilan birgalikda kuzatib boramiz. 

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика