

Vilyarreal – Barselona 1:3
Estadio de la Syeramika
Gollar: Chukvueze 77' – de Yong 49', Depay 88', Koutino penalti 90+4'
Vilyarreal – Ruli, Foyt, Albiol, Pau Torres, Pino (Chukvueze, 65), Pedrasa (Estupinyan, 65), Moyses Gomes, Kapu, Parexo, Trigyeros (Raba, 85), Danjuma.
Barselona – tyer Stegen, Arauxo, Pike, Erik Garsiya, Alba (Mingesa, 71), Buskets, de Yong, Niko Gonsales, Ezzalzuli (Dembele, 66), Gavi, Depay.
Ogohlantirishlar: Alba (26), Pino (26), Pike (44), Raba (90).
Bahs yakunlandi. Shu tariqa, Xavi qo'l ostidagi jamoa safarda ishonchli g'alabaga erishdi. Xizmatingizda Shyerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi o'yinlarda g'oyibona ko'rishguncha!
90+4. GOOOOOOOOOOL! Koutinoning o'zi penaltini muvaffaqiyatli ijro etdi – 1:3!

90+3. Penalti! Foyt Koutinoga nisbatan qoidani buzdi. "Barselona" penalti tepadi.
90+3. "Barselona" to'pni o'zida saqlab, o'yinni nazorat qilmoqda.
90. Ikkinchi taymga 6 daqiqa qo'shildi.
90. Raba Koutinoni turtib yuborgani bois ogohlantirildi.
90. Dani Rabaning uzatmasidan keyin himoyachilar ishonchli o'ynashdi va to'pni tepib yuborishdi.
88. GOOOOOOOOOOOOOL! Memfis Depay darvozabon va himoyachini aldab, "Barselona"ni hisobda oldinga olib chiquvchi golni urdi – 1:2!

85. "Vilyarreal"da almashtirish: Trigyeros o'rniga Raba o'yinga qo'shildi.
84. Arno Danjumaning zarbasi! Zarba sal noaniq ko'rinish kasb etdi.
82. Estupinyan qulay poziciyada paydo bo'ldi va o'sha joyda to'pni qabul qilib oldi. Keyin esa u yo'llagan zarba raqibga tegib qoldi.
81. "Barselona"da o'zgarish: Niko Gonsales o'rniga Koutino maydonga tushdi.
80. Manu Trigyeros ichkariga yorib kirishga urindi, ammo Mark-Andre tyer Shtegen darvozadan chiqib kelib, to'pga egalik qildi.
77. GOOOOOOOOOOOOOOL! Manu Trigyerosning pasidan so'ng Samuel Chukvueze chap oyoqda yo'llangan zarbasi orqali hisobni tenglashtirdi – 1:1!

75. Zarba! Chukvuezening uzatmasidan so'ng Manu Trigyeros darvoza tomon zarba yo'lladi. To'p darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi.
73. Gavi ichkarigva qaltis pas uzatdi, ammo himoyachilar to'pni uzoqlashtirishni uddalashdi.
71. "Barselona"da o'zgarish: jarohatlangan Alba o'rniga Mingesa o'yinni davom ettiradi.
70. Jordi Alba shifokorlarni maydonga chorlamoqda. U o'zini noqulay his etyapti.
69. Eten Kapu yaxshi o'ylangan uzatmani amalga oshirdi, biroq raqib jamoa himoyachilari xavni bartaraf etishdi.
66. "Barselona"da almashtirish: Ezzalzuli o'rniga Dembele o'yinga qo'shildi.
65. "Vilyarreal"da 2 ta o'zgarish: Pino o'rniga Chukvueze, Pedrasa o'rniga Estupinyan tushdi.
64. Arno Danjuma ichkaridagi shyerigini izlashga kirishdi va uni pas bilan taminlashga urindi, ammo himoyachilardan biri ustamonlik bilan vaziyatga aralashdi. "Vilyarreal"da burchak zarbasi.
60. Zarbaaaa! Arno Danjumaning zarbasi xavfli chiqdi. To'p chap ustunning yonginasidan o'tib ketdi. Endi "Barselona" darvozaboni to'pni o'yinga kiritadi.
56. Zarbaaa! Memfis Depayning zarbasi Ruliga noqulaylik tug'dirmasdan qolmadi.
55. Yeremi Pino to'pni olib qo'yish vaqtida Albaga nisbatan juda tajovuzkor edi. Hakam bunga befarq qaramadi.
51. GOOOOOOOOOOOOOOOL! Gol VARda tekshirildi va inobatga olindi. Frenki de Yong hisobni ochdi!

49. Gol! Frenki de Yong gol urdi, ammo u ofsayd tufayli bekor qilindi.
46. Ikkinchi taym boshlandi!
Birinchi taym tugadi. Hozircha hisob ochilmadi – 0:0. Tanaffus!
45+2. Raul Albiol Depayni qo'pollik evaziga to'xtatib qoldi.
45. Birinchi taymning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib byerildi.
44. Jyerar Pike taktik folga qo'l urgani bois sariq kartochkaga loyiq ko'rildi.
42. Nikolas Gonsales "podkat" orqali Manu Trigyerosni yiqitdi.
39. Zarbaaa! Arno Danjuma birga-bir vaziyatga chiqib borib, zarba byerdi. Mark-Andre tyer Shtegen jamoasi joniga ora kirib, zarbani qaytardi. Qoyilmaqom seyv!
39. O'yin davom etadi. Pau Torres uzun pasni amalga oshirdi, ammo to'p maydon tashqarisiga chiqib ketdi.
37. O'yin to'xtab turibdi. Ronald Arauxoga tibbiy yordam namoyish qilinmoqda.
36. Alfonso Pedrasa hujum chog'ida Ronald Arauxoga nisbatan qoidani buzdi.
33. Zarba! Pau Torres yakkakurashda g'olib chiqdi va bosh bilan muvaffaqiyatsiz zarba byerdi. To'p darvoza to'sini tepasidan o'tib ketdi.
33. Alfonso Pedrasa oldinga qarab intildi, ammo Arauxoning qarshiligiga duch keldi.
30. Arno Danjuma qulay imkoniyatga ega bo'lishi mumkin edi, ammo u o'yindan tashqari holatda ekanligi ma'lum qilindi.
27. Burchakdan uzatilgan to'p Pinoga yetib keldi. Uning bosh bilan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.
26. Alba va Pino o'zlarini yaxshi tutmaganliklari uchun jazolanishdi.
26. Manu Trigyerosning kuchli zarbasiga aniqlik yetishmadi.
23. Moyses Gomes yaxshi imkoniyatga ega bo'lishi mumkin edi, ammo ofsayd qayd etildi.
21. Jordi Alba juda qo'pol o'ynadi. Yana Pino jabr chekdi.
19. Qanday vaziyat! Memfis Depay ichkarida pas qabul qilib olib, birga-bir holatga chiqdi va zarba yo'lladi, noaniq. Dahshat!

17. Gavi Yeremi Pinoga nisbatan qo'pollik ishlatdi.
15. Jordi Alba jarohatlangan ko'rinadi. Unga tibbiy yordam zarur.
14. "Barselona" o'z uslubiga sodiq qolgan holda, jamoaviy tarzda paslashmoqda.
11. Jordi Alba markaz tomon yaxshi pasni amalga oshirdi, biroq Jyeronimo Ruli to'pga birinchi bo'lib ega chiqdi.
9. Zarbaaa! Gavining chap oyoqda byergan zarbasi o'ng tarafdagi darvoza ustuni oldidan o'tib ketdi.
8. Zarba! Memfis Depay Frenki de Yongning pasidan keyin kuchli zarbasi orqali darvozani ishg'ol qilishiga oz qoldi.
7. Zarba! Arno Danjumaning olisdan yo'llagan zarbasi yo'liga himoyailar to'g'anoq bo'lishdi.
5. Zarba! Ezzalzuli burchak zarbasi orqali ichkariga oshirilgan to'pdan so'ng ikkinchi qavatdagi ustunligi evaziga bosh bmlun zarba byerdi. Darvozabon qoyilmaqom sakrash orqali to'pni qaytarishga erishdi.
4. Abde Ezzalzuli ochilib borayotgan shyerigi Memfis Depayga pas uzatdi. Ammo himoyachilardan biri to'pni uzoqlashtira oldi.
2. O'yin keskin kurashlar bilan boshlandi. Daniel Parexo maydon markazida Syerxio Busketsga nisbatan qo'pollik ishlatdi.
1. O'yin boshlandi!
- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

- O'yin Toshkent vaqti bilan 01:00 da boshlanadi.
- Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Bugun Xavi boshchiligidagi "Barselona" mehmonda Unai Emyeri qo'l ostidagi "Vilyarreal" jamoasi maydonida mehmon bo'ladi. Ushbu bahsni yaqin 2 soat ichida siz bilan birgalikda kuzatib boramiz.



