So’nggi yangiliklar

21:08Гейнрихнинг сўнгги голи ва Абрамовни истеъфога чиқарган Ҳалатбори — Ўзбекистон терма жамоаси ЖЧ саралашининг сўнгги босқичларини қандай бошлаган?  0 20:49Ўзбекистон терма жамоасининг КХДР билан ўйиндан олдинги расмий машғулоти  1 20:10Ўзбекистон МТЖнинг КХДРга қарши ўйиндан олдинги аъло кайфиятда ўтган машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  5 19:42ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон МТЖ КХДРга қарши оқ либосда ўйнайди  3 19:04Одилжон Ҳамробеков: "Ушбу учрашувлар қанчалик катта аҳамиятга эга эканлигини барча тушуниб турибди"  2 18:31"Лестер" судда ютиб чиқди ва очколарини сақлаб қолди  0 18:03Моуринью "Челси" юлдузини "Фенербахче"да кўрмоқчи  1 17:39ЖЧ-2014 қаҳрамони Португалия чемпионатига ўтди  0 17:10"Винисиуснинг ёнида Мбаппенинг техник имкониятлари чеклангани сезилиб қолмоқда"  6 16:39Айвен Тоуни "Ал Аҳли"да "Брентфорд"дагидан 10 баробар кўпроқ маош олади  2 16:11Ўзбекистон U-20 терма жамоаси Хитойдаги халқаро турнирда Малайзияни мағлуб этди  6 15:54Тожикистон "Мердека кубоги"да Ливанга ютқазиб қўйди  23 15:12"Челси" собиқ футболчиси Санчо ҳақида: "Пул учун бўлмаса, нима учун?"  3 14:18Винисиус: "Вазият ўзгармаса, ЖЧ-2030ни Испаниядан олиб қўйиш керак"  23 13:45Сречко Катанец: "Бу ерда ким хўжайин эканлигини эртага кўрсатишимиз керак" (тўлиқ)  30

La liga. "Real" va "Barselona" safarda, "Atletiko" o'z maydonida o'ynaydigan tur prevyusi Yangiliklar

La liga. "Real" va "Barselona" safarda, "Atletiko" o'z maydonida o'ynaydigan tur prevyusi

Ispaniya chempionatida 23-tur o'yinlari jumadan shanbaga o'tar kechasidan boshlanadi.

O'tgan turda bir qator qiziqarli bahslar bo'ldi. “Madrid derbisi”da “Qirollik klubi” vakillari g'alabaga erishib peshqadamlikni mustahkamlab olgan bo'lsa, Bilbaoning “Atletik”i o'z maydonida turnir jadvalida “kuchli uchlik”da joylashgan “Xetafe”ga imkoniyatni boy berdi. Xo'sh, 23-tur qanday o'tadi? Ushbu turda bizga namoyish etilishi mumkin bo'lgan bir qator qiziqarli uchrashuvlar prevyusi bilan quyida tanishib oling.

08.02 01:00 (Toshkent vaqti) “Alaves” – “Eybar”
Turning ilk bahsida bo'ladigan o'yin ham yaxshigina intriga bera oladi. Sababi 22-turdan so'ng jamoalar turnir jadvalida yonma-yon joylashganlar (15-16-o'rinlar). Har ikki jamoada ham bir xil 24 ochko mavjud. So'nggi turda “Alaves” “Sevilya” bilan, “Eybar” esa “Betis” bilan 1:1 hisobidagi durangga imzo chekkanlar.
O'yinga oid faktlar:
- “Alaves” hujumchisi Mato Xoselu La Liganing so'nggi 10 o'yinida 6 ta gol urdi.
Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Tomas Pina (“Alaves”), Kike Garsiya, Serxio Alvares Dias, Ivan Ramis (“Eybar”).

 



08.02 17:00 (Toshkent vaqti) “Levante” – “Leganes”
“Levante” La Ligada so'nggi 4 uchrashuvda yutqazdi. Pako Lopez jamoasi 13-o'rinni egallab turibdi. “Leganes” esa so'nggi 7 ta bahsda faqat bitta mag'lubiyat qayd etgan (3 g'alaba, 3 durang). Xaver Agirre shogirdlari 18 ochko bilan 18 o'rinda.
O'yinga oid faktlar:
- “Levante” chempionatda uydagi 10 ta uchrashuvning 7 tasida yutqazmagan (5 g'alaba, 2 durang).
- “Levante” hujumchisi Rojer Marti La Liganing oxirgi 9 o'yinida 6 ta gol urdi.
Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Ivan Lopes, Rober Per (“Levante”), Aleksandr SHimanovski (“Leganes”).
So'roq ostida: Nemanya Radoya (“Levante”), Ibragim Amadu (“Leganes”).

 



08.02 20:00 (Toshkent vaqti) “Xetafe” – “Valensiya”
Kim nima desa desin-u, lekin Ispaniyada 23-turning markaziy uchrashuvi mana shu bahs, ishoning. Jamoalarni turnir jadvalida egallab turgan o'rnidan bor-yo'g'i 2 ochko ajratib turibdi. “Xetafe” 39 ochko bilan 3-o'rinda bo'lsa, “Valensiya” 37 ochko bilan 5-pog'onada. “Xetafe” jamoasi so'nggi 3 uchrashuvda g'alaba qozongan bo'lsa, “Valensiya” avvalgi 8 ta o'yinda faqat bir marta yutqazgan va yana 5 g'alaba hamda 2 durang.
O'yinga oid faktlar:
- “Xetafe” joriy chempionatning so'nggi 12 o'yinida atigi 2 marta mag'lubiyatga uchragan;
- “Valensiya” hujumchisi Maksimiliano Gomes La Liganing oldingi 4 ta o'yinida 3 ta gol urgan.
Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Vitorino Antunesh, Filip Manoylovich (“Xetafe”), Esekiel Garay, Manu Valexo, Kristian Pichchini (“Valensiya”).
So'roq ostida: Kevin Gameyro, Denis CHerishev (“Valensiya”).

 



08.02 22:30 (Toshkent vaqti) “Valyadolid” – “Vilyarreal”
“Valyadolid” jamoasi 21-turda “Real”dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng, o'tgan turda chempionat autsayderlaridan biri “Malorka”ni mag'lub etishdi (1:0). “Vilyareal”da esa so'nggi o'yinlardagi natijalar bobida barchasi joyida. Ular oxirgi 6 uchrashuvning 5 tasida g'alaba qozonishgan.
O'yinga oid faktlar:
- “Vilyareal” bu mavsumda 39 ta to'p kiritdi va bu borada “Barselona” hamda “Real Madrid”dan orqada;
- “Valladolid” La Ligadagi so'nggi 8 uchrashuvda bittadan ortiq to'p kiritgan.
Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Nacho Martines, Xoakin Fernandes, Xose Antonio Karo (“Valyadolid”), Pau Torres, Alberto Moreno, Manu Morlanes, Bruno Soriano (“Vilyareal”).
So'roq ostida: Raul Albiol (“Vilyareal”).

 



08.02 01:00 (Toshkent vaqti) “Atletiko Madrid” – “Granada”
“Atletiko”da biroz pasayish yuzaga kelmoqda. Jamoa so'nggi 3 uchrashuvda g'alaba tamini totmadi (1 durang, 2 mag'lubiyat). Diego Simeone shogirdlarida 36 ochko mavjud. “Granada”da Madrikliklardan farqli o'laroq vaziyat biroz yaxshi. Andalusiyaliklar 30 ochkoga ega va ular 21 asrda 22-turdan so'ng hech qachon bunday yuqori natijaga erisha olmagan.
O'yinga oid faktlar:
- “Atletiko” hujumchisi Vitolo La Ligadagi 16 o'yinning 14 tasida gol ura olmagan.
Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Alvaro Morata, Kiran Triper, Xose Mariya Ximenes, Diego Kosta, German Valera, Dario Poveda (“Atletiko M”), Kini, Fede Viko, Neyder Losano (“Granada”).
So'roq ostida: Joau Feliks, Ektor Erera, Santyago Arias (“Atletiko M”), Anxel Monterro, Aleks Martines (“Granada”).

 


09.02 16:00 (Toshkent vaqti) “Espanol” – “Malorka”

Ushbu bahsda ishtirok etuvchi jamoalar Ispaniya chempionati jadvalining quyi qismida turibdilar. “Espanol” 15 ochko bilan oxirgi pog'onada bo'lsa, “Malorka” 18 ochko bilan 17-o'rinda. Mavsum davomida “Espanol” 40 ta, “Malorka” esa 38 ta gol o'tkazib yuborgan.
O'yinga oid faktlar:
- “Malorka” hujumchisi Ante Budimi oxirgi 6 o'yinda 5 ta gol urdi.
Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Sebasren Korshya (“Espanol”), Antonio Rayllo (“Malorka”).
So'roq ostida: Viktor Kampuzano (“Espanol”).

 



09.02 18:00 (Toshkent vaqti) “Real Sosedad” – “Atletik Bilbao”
Imanol Algvasilaning shogirdlari bo'lmish “Real Sosedad” jamoasi 22-turdan keyin 34 ochko to'plagan holda 8-o'rinda. “Atletik” esa 31 ochko bilan 9-pog'onada. Jamoalar orasidagi farq 3 ochkoni tashkil etmoqda. Yuqoriroqda, “Xetafe” – “Valensiya” uchrashuvini markaziy deya atagandik, lekin bu uchrashuv ham intriga jihatdan qolishmaydi.
O'yinga oid faktlar:
- “Real Sosedad” hujumchisi Uilyan Xose La Ligada 21 uchrashuvda 8 ta gol urgan.
Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Diego Llorente, Aser Ilyarramendi (“Real Sosedad”), Oskar De Markos (“Atletik Bilbao).
So'roq ostida: David Surutusa (“Real Sosedad”).

 



09.02 20:00 (Toshkent vaqti) “Osasuna” – “Real Madrid”

3 ta ketma-ket mag'lubiyatsiz seriyadan so'ng “Osasuna” oldingi turda “Vilyareal”ga yutqazdi (3:1). Xagob Arrasate shogirdlari 28 ochko bilan 11-pog'onada. “Real”ga kelsak, jamoa 49 ochko bilan peshqadamlikni o'z qo'liga olgan. Ushbu mavsumda poytaxt klubi 22 o'yinda 13 ta gol o'rkazib yuborgan.
O'yinga oid faktlar:
- “Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan avvalgi turdagi g'alabasidan so'ng g'alabalar soni bo'yicha “Real” murabbiylari orasida Migel Munoz va Visente Del Boskedan so'ng 3-o'rinda;
- “Osasuna”ning to'purari CHimi Avila 20 o'yinda 9 ta to'p kiritgan. Biroq futbolchi bu o'yinda maydonga tusha olmaydi.
Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: CHimi Avila, Oyer Mate (“Osasuna”), Marko Asensio (“Real M”).
So'roq ostida: Xuan Peres, Kike Barxa (“Osasuna”), Eden Azar, Mariano Dias (“Real M”).

 



09.02 22:30 (Toshkent vaqti) “Selta” – “Sevilya”
O'tgan turda “Selta” “Valensiya” bilan o'yinda mag'lub bo'lgandi (0:1). Vigo shahri jamoasi 22 o'yinda atigi 17 ta to'p kiritgan. Oskar Garsiya shogirdlari 17 ochko bilan 19-o'rinda joylashganlar. “Sevilya” esa Xulen Lopetegi qo'l ostida 39 ochko bilan 4-pog'onada. So'nggi turda “Alaves” bilan durang o'ynagan (1:1).
O'yinga oid faktlar:
- “Selta” chempionatda oxirgi 15 uchrashuvning 13 tasida kamida bitta gol urgan;
- “Selta” so'nggi 7 uchrashuvning 6 tasida dastlabki 45 daqiqada mag'lub bo'lmagan (1 g'alaba, 5 durang).
Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Kevin Vaskes (“Selta”), Oliver Torres (“Sevilya”).
So'roq ostida: Ivan Vilyar (“Selta”).

 



09.02 01:00 (Toshkent vaqti) “Betis” – “Barselona”
Yakshanbadan dushanbaga o'tar kechasi bo'lib o'tadigan mazkur bahsda “Barselona”ning amaldagi murabbiyi Kike Setien sobiq jamoasiga qarshi. “Betis” mazkur chempionatda oldingi 6 o'yinda atigi bir marta g'alaba qozonishga muvaffaq bo'ldi. Hozirda jamoa 28 ochko bilan, 12-o'rinda. “Barselona” esa so'nggi 11 o'yinda 1 marta yutqazdi. Yangi murabbiy qo'l ostidagi statistikasi: 3 o'yin, 2 g'alaba va 1 mag'lubiyat.
O'yinga oid faktlar:
- Lionel Messi La Ligada 17 o'yinda 14 ta gol urgan;
- “Barselona”ning asosiy himoyachisi Jerar Pike diskvalifikatsiya qilinganligi sababli mazkur o'yinni o'tkazib yuboradi.
Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Andres Guardado, Xuanmi (“Betis”), Luis Suares, Usman Dembele (“Barselona”).
So'roq ostida: Alfonso Pedrasa (“Betis”), Neto (“Barselona”).

 



Og'abek Samisov tayyorladi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика