So’nggi yangiliklar

00:55Саудия Арабистони. Роналду фаолиятидаги 902-голини урган ўйинда "Ал Насср" йирик ғалаба қайд этди  0 00:37Гвардиола "Сити"нинг чемпионликдаги асосий рақибини айтди  0 00:15Роналду "Ал Насср"да юз фоизлик натижа қайд этмоқда  1 23:58Ўзбекистон U-16 термаси Францияга мағлуб бўлди  3 23:33Александр Хомяков: “Кетма-кет мағлубиятлар гирдобида қолгандик”  1 23:17Иван Бошкович: “Гол киритганимиздан сўнг эътиборсизликка йўл қўйдик”  0 23:10"Ливерпуль"нинг асосий футболчиси "Борнмут"га қарши ўйнамаслиги мумкин  0 22:50Илҳом Ҳамроев: "Мухлислардан узр сўраймиз"   9 22:42Хосе Венансио Лопес: "Ропиевнинг қизил карточкаси барчасини ўзгартириб юборди. Мен шартномамни шу ерда якунлайман ва катта эҳтимол билан бу менинг фаолиятимдаги сўнгги учрашув бўлди"  20 22:27Саудия Арабистони. "Ал Иттифоқ" - "Ал Насср" баҳси асосий таркиблари маълум!  0 22:15"Навбаҳор" - "Андижон" учрашуви бошланиш вақти маълум қилинди  15 21:56Александр Крестинин: "5та 100 фоизлик имкониятимиз бўлганди"  0 21:40Футзал. Ўзбекистон Коста-Рикага мағлуб бўлди ва ЖЧдаги иштирокини якунлади   259 21:26Сергей Лушчан: "Ўйинимиз "ноль". Ҳужумга деярли ўта олмадик"  5 21:25Суперлига. "Сўғдиёна" - "Андижон" 1:1, Дарвоза тўсини ва устуни Жиззахликларни мағлубиятдан қутқариб қолди  1

La Liga. "Real Madrid" "El Klassiko"da so'nggi daqiqalardagi gol evaziga g'alabani o'z tomoniga og'dirib oldi Yangiliklar

La Liga. "Real Madrid" "El Klassiko"da so'nggi daqiqalardagi gol evaziga g'alabani o'z tomoniga og'dirib oldi

Ispaniya La Ligasining 32-turidan o'rin olgan "Real Madrid" - "Barselona" o'yini yakunlandi.

"Real Madrid" — "Barselona" 3:2

Gol: 0:1 – 6 Kristensen, 1:1 – 18, penalti Vinisius Junior, 1:2 – 69 Lopes, 2:2 – 73 Vaskes, 3:2 – 90+1 Bellingem.

"Real Madrid": Lunin, Ryudiger, Tchuameni, Valverde, Kamavinga (Fran Garsiya, 71), Modrich, Kroos (Braim Dias, 71), Bellingem, Vaskes, Vinisius Junior (Xoselu, 82), Rodrigo (Militao, 74).

"Barselona": ter Stegen, Kunde, Arauxo, Kubarsi, Joau Kanselu, Kristensen (Lopes, 46), Gyundogan, de Yong (Pedri, 45), Rafinya (Joau Feliks, 64), Yamal, Levandovski (Ferran Torres, 64).

Ogohlantirishlar: Kamavinga (33), Vinisius Junior (75), Kunde (75), Modrich (83), Kubarsi (90).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+1. GOL! Vakskesning uzatmasidan so'ng Bellengem "Real"ni hisobda oldinga olib chiqdi!

87. "Real" futbolchilar juda qulay vaziyatdan ketma-ket zarbalar bilan darvozani ishg'ol qila olmadi.

84. "Barselona" futbolchilari hujumda fol ishlatdi.

78. Vinisiusning raqib jarima maydoni ichidan yo'llagan zarbasini Ter SHtegan qaytardi.

73. GOL! Birinchi gol yuzaga kelishida penalti ishlagan Lukas Vaskes ilk golni urgan Vinisiusning ajoyib pasidan so'ng hisobni tenglashtirdi!

69. GOL! Fermin Lopes Yamalning zarbasidan keyin Lunin qaytargan to'pni "Real" darvozasiga joylab qo'ydi!

67. Xavfli vaziyat! Ferran Torres raqib darvozaboni bilan birga-bir vaziyatdan foydalana olmadi.

63. Lopesning zarbasi ancha noaniq ko'rinish oldi.

59. Kanseluning uzatmasi zarbaga aylanib ketishiga bir bahya qoldi, to'p "Real" futbolchisiga tegib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

56. Vinisiusning raqib jarima maydoniga kirib borib yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

50. Bellingemning zarbasi Ter SHtegenning qo'llariga borib tushdi.

77981 tomoshabin stadionga tashrif buyurgan. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. Kristensen o'rniga Fersin Lopes maydonga tushirildi.

Taym yakunlandi.

45+7. O'zgarish: De Yong o'rniga Pedri maydonga tushirildi.

45+3. De Yong Valverdi bilan to'qnashuvda jarohat oldi. Katta ehtimol bilan u o'yinni davom ettira olmaydi.

45+1. Gyundoganning jarimadan yo'llagan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

44. Modrichning zarbasi kuchli chiqmadi, shu bois "Barselona" darvozaboni to'pni egallab oldi.

38. Kanseluning uzatmasiga Lunin tashlanib, to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

34. Rafinyaning jarimadan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

33. "Real" jarima maydoni yaqinida Yamal Kamavinga tomonidan to'xtatildi va sariq kartochka bilan jazolandi.

30. VAR vaziyatda gol bo'lmagan deb topdi. Yana burchak zarbasi.

Canal+ kanali to'p darvoza chizig'ini to'liq kesib o'tmaganini takidlamoqda.

28. Xavfli vaziyat! Yana burchak zarbasi, yana zarba! Bu safar Lunin darvoza chizig'i ustidan to'pni qaytardi. Hakam va VAR bahslashmoqda.

25. Zarba! Burchakdan uzatilgan to'pga Levandovski bosh bilan zarba yo'lladi, uning urinishiga aniqlik etishmadi.

18. GOL! Vinisius penaltidan hisobni tenglashtirdi! Ter SHtegen to'p yo'nalishini topdi, ammo uni qaytara olmadi.

17. Vaskes raqib jarima maydonida ikki futbolchini aldab, penalti ishladi.

14. Yamalning pas aralash zarbasini Lunin qaytardi.

13. Zarba! Kroosning uzatmasini Vinisius darvozaga to'g'rilab qo'ya olmadi.

12. "Barselona" jarima maydoni yaqinida Vaskes yiqitildi. Mezbonlarda standart vaziyat.

8. Xavfli vaziyat! Modrichning bosh bilan uzatmasidan so'ng Vinisius yaqin masofadan juda kuchli va noaniq zarba berib yubordi. 

6. GOL! Burchakdan uzatilgan to'pni Kristensen boshi bilan darvozaga joyladi! "Siti"ga qarshi o'yin qahramoni Lunin to'pga chiqishda xatoga yo'l qo'ydi.


3. Maydon markazida De Yong Modrichga nisbatan qoidabuzarlik sodir etdi.

2. Lunin pas berishda xatoga yo'l qo'ydi, uning xatosini himoyachilar bartaraf etdi.

Bugunga qadar Bellingemda 16, Levandovski hisobida 13 ta gol mavjud.

1. Uchrashuv boshlandi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Turnir jadvalida ular o'rtasidagi farq 8 ochkoni tashkil etadi. Bugun bu 5 ochkoga qisqarishi mumkin. Ammo so'nggi o'yinlarda madridliklarning qo'li baland kelmoqda, bugun ham ular nisbatan favorit.

Reyting: +34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика