So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  2 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  5 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  14 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  95 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  9 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  847 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  5 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

La Liga qaytmoqda! Turni murosasiz "Sevilya derbisi" ochib beradi Yangiliklar

La Liga qaytmoqda! Turni murosasiz "Sevilya derbisi" ochib beradi

Vanihoyat, yana bir top chempionat "uyqudan" uyg'onmoqda.

Intiqib kutganimiz La Liga qaytmoqda! Bizni 28-tur kutib turibdi va uni shunchaki o'yinlardan biri emas, Ispaniyada eng uzoq tarixga ega to'qnashuvlardan biri Sevilya derbisi ochib beradi. Jamoalar qanday holatda bo'lmasin, turnir jadvalining nechanchi pog'onalarini egallab turgan bo'lmasin, bu o'yin zerikarli bo'lmaydi. Umid qilamizki, bo'sh tribunalar futbolchilarga salbiy tasir ko'rsatmaydi va biz odatdagidek qiziqarli futbol uchrashuvini tomosha qilamiz.


Jadvaldagi holat

"Sevilya" bronza medallari uchun kurashni davom ettirmoqda. So'nggi yillarda kuchli uchlik tarkibini: "Barsa", "Real", "Atletiko" o'zgartirish hech kimning qo'lidan kelmayotganini inobatga olsak, Lopetegi shoigrdlari ikki hissa ishtiyov bilan harakat qilishlari turgan gap. Jamoa ikki taqibchisini bir ochkodan ortda qoldirayotgan bo'lsa, eng xavfli raqib ikki ochkolik masofada. Turnir jadvalidagi bunday vaziyatda birgina qoqilish ham qimmatga tushishi hech gap emas. Agar jamoa boshqa narsalarga chalg'ib qolsa, ECHL yo'llanmasi uyoqda qolib, umuman evrokuboklarsiz qolishi mumkin. Ettinchi pog'onadan "Sevilya"ni besh ochko ajratib turibdi.

"Betis" bu mavsum butkul boshqa vazifalarni hal qilmoqda. CHempionat yakunlanishiga 11 tur qolgan bir pallada jamoa so'nggi o'rinlarga o'ralashib qoldi. Rubi jamoasi evrokuboklar zonasidan 12 ochkoga ortda qolmoqda, xavfli zonadan esa 8 ochko oldinda, natijada 12-pog'ona. "Betis" evrokuboklarga etishi qiyin bo'ladi, lekin elitada qolish vazifasini uddalashi haqiqatga yaqin.


Muhim jihatlar

Okampos co'roq ostida, Banega va Nolito safda

"Sevilya"ning hali ham oxirgacha hal etilmagan bitta muammosi mavjud. Jamoaning asosiy to'purari Lukas Okampos uzoq vaqt jarohat sabab safdan chiqqandi, lekin "Betis"ga qarshi tayyorgarlik jarayonida jamoa bilan mashg'ulotlarda ishtirok etgandi. SHunday bo'lsa ham jamoa bosh murabbiyi Xulen Lopetegi hali ham Okamposning jismoniy axvoli aniq emasligini va futbolchining maydonga tushish yoki tushmasligi borasidagi qaror o'yin kuni qabul qilinishini aytib o'tdi. 

"Sevilya" uchun yaxshi xabarlar ham bor. Nolito va Ever Banega ajoyib sport formasida. USHbu o'yinchilarning shartnomasi 30 iyun kuni o'z yakuniga etadi va kelishuv hamon uzaytirilmadi. Hech bo'lmasa argentinalik futbolchi jamoaning muhim vakillaridan biri hisoblanadi. Bunday futbolchining ketishi katta yo'qotish bo'ladi. Ko'pchilik shartnoma muddati yakunlanayotgan futbolchilar, ketishini bilgani uchun ham maydonda borini berib harakat qilmasligi, o'zini jarohatlardan ehtiyot qilishini takidlashgandi. Ammo Xulen Lopetegi har ikki futbolchi juda tez optimal sport formasiga kirganini va ular hozir jamoadagi eng yaxshilardan ekanligini, hech bir futbolchi "qo'l uchida" ish qilmayotganini takidladi.

Robin Gud rolidagi "Betis" - anana davom etadimi?

Yodingizda bo'lsa, karantinga ketishdan oldin "Betis" kutilmaganda chempionlik uchun kurashayotgan "Real Madrid"ni taslim qilgandi. O'sha o'yinda "Betis" ajoyib harakat qildi va bu mavsumdagi umumiy holatini ko'rsatib berdi. "Betis" ikki bor "Real"ga mag'lub bo'lmasligi, "Barsa"ga ikki o'yinda ikkitadan gol urishi, ECHLga intilayotgan "Real Sosedad"ni yirik hisobda yutishi, "Valensiya"ni taslim etib, "Sevilya" va "Atletiko" bilan murosasiz o'yin ko'rsatishi mumkin.

Biroq ana o'sha "Betis" hech uyalmay Kubokda Segunda vakiliga mag'lub bo'lishi, "Malorka"dan 3ta gol qo'yib yuborishi, mavsumning ikki autsayderi "Leganes" va "Espanol"ni enga olmasligi ham mumkin. Ko'rinib turibdiki, jamoa o'zidan kuchsizlardan ko'ra, kuchliroq raqibga qarshi o'ynashni xush ko'radi. Ular ikki raqamda to'p tepib, grandlarga qarshi o'yinda puxta tayyorlana olishadi. Agar anana davom etsa, "Sevilya"ga oson bo'lmasligi aniq.

"Ramon Sanches Pisxuan"dagi oxirgi ikki o'yinda ettita gol. Tasodifmi yoki "Betis" dushman "darvozasi" kalitini topa oldimi?


Oxirgi o'n yillikda "Betis" uchun ashaddiy raqib maydonidagi o'yinlar o'ta omadsiz kechardi. "Sevilya" aksariyat o'yinlarda raqibidan bir bosh ustun bo'lib, yirik hisoblarda zafar quchishi odat tusiga kirgandi. So'nggi ikki o'yinda vaziyat keskin o'zgardi. "Betis" nafaqat raqibga etarlicha muammo tug'dira oldi, balki o'yin bo'yicha ham ustunlikka erishdi. Avvalgi sakkiz o'yindagi gollarni so'nggi ikki o'yinda urishga muvaffaq bo'ldilar. Xo'sh, "Betis" o'zi uchun omadsiz seriyani ortda qoldirib, raqib himoyasidagi zaif nuqtalarni topib oldimi yoki hamma gap jamoani tark etib ulgurgan Kike Setendami-di? Bularning qaysi biri to'g'ri ekanligini bilish qiziq bo'lardi.

Nima bo'lganda ham bizni eng kuchli chempionatlardan birining murosasiz, keskin kurashlarga boy bellashuvi kutib turibdi. 


Omonjon To'xtamirzaev tayyorladi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика