So’nggi yangiliklar

01:20ОЧЛ 2. "Ал Ҳалдия" ўз уйида "Арқадағ"ни мағлубиятга учратди. "Андижон" жойлашган гуруҳда ҳолат қандай?  0 01:01Сардор Азимов: "Биринчи бўлимда гол уришни мақсад қилгандик. Жамоада муҳит аъло даражада"  1 00:31"Барса" тез орада де Йонг билан шартномани узайтиради  0 00:06ЕЧЛ. "Ньюкасл" йирик ғалаба қайд этди, "Қорабоғ" "Копенгаген"ни енгди  0 00:05ЕЧЛ. Бугунги кундан ўрин олган учрашувлар давом этмоқда (онлайн ҳисоб)  5 00:05ЕЧЛ. "Монако" - "Манчестер Сити" (онлайн ҳисоб)  6 00:05ЕЧЛ. "Барселона" - ПСЖ (онлайн ҳисоб)  56 23:42Қозоғистонлик тадбиркор "Реал"дан бешта гол ўтказган "Қайрат"нинг 18 ёшли дарвозабонига машина совға қилди  2 22:50Максим Шацких: "Энг муҳими гол ўтказмаслик ва нолга ўйнаш. Реализация эса кун келиб яхшиланади"  13 22:32"Элче" "Барса"га қарши ўйин анонсида учрашув "Камп Ноу" стадионида ўтказилишини маълум қилди  0 21:54"Ал Аҳли" устози: "Дурангдан қониқмадик, аммо натижа адолатли бўлди. Бу каби атмосферани маҳаллий чемпионатда доим ҳам кўравермаймиз"  9 21:20Жуд Беллингем Англия терма жамоасида йил футболчиси деб тан олинди  1 20:40ОЧЛ-2. "Андижон" "Бобур Арена"да "Ал Аҳли" билан дуранг ўйнади  95 20:29Феде Вальверде кечаги ўйиндан кейинги айбловларга жавоб берди: "Суягим синган ҳолатларда ҳам ўйнаганман. Бу айбловлар мени хафа қилди"  5 20:00"Барселона" - ПСЖ — ҳужумчилар лазаретда, топ ярим ҳимоячилар тўқнашувида ким ғолиб бўлади?  8

La Liga qaytish sharafiga butun dunyo bo'ylab graffiti tashkil qildi: Benzema - Qobulda, Messi - Balida, Grizmann esa Parijda Yangiliklar

La Liga qaytish sharafiga butun dunyo bo'ylab graffiti tashkil qildi: Benzema - Qobulda, Messi - Balida, Grizmann esa Parijda

Go'zallik!

Aftidan, Ispaniya La Ligasi restartga hammadan ham yaxshiroq tayyorgarlik ko'rgan. La Liga o'yinlari translyaciyasi esa muxlislarning stadionda yo'qligini umuman bildirmayapti, ammo bu bilan cheklanilgani yo'q. U o'zining xalqaro hamkorlari yordamida 50ta davlatda 160ta global tadbirlarni, shu qatorda "La Liga birlashgan ko'chalari" badiiy akciyasini tashkil etdi. Rassomlar 5 qitaning 12 shahrida tematik graffiti yaratishdi.

"Butun dunyoda muxlislar La Liganing qaytishidan mamnunlar, bu ishlar esa bizning har bir tashabbusimizni qo'llab-quvvatlagan milliy va xalqaro hamkorlarimiz tufaylidir. SHu kompaniyalar hisobiga bizning restartimiz butun dunyoni qamrab oldi", - deydi biznes, marketing va xalqaro rivojlanish bo'yicha liga direktori Oskar Mayo.

SHunday qilib, Londonning janubi-g'arbiy qismidagi Stokuell tumanida La Liganing turli jamoalarida o'ynaydigan besh nafar futbolchining surati paydo bo'ldi. Britaniyalik rassmon Gnasher o'zini futbol muxlisi deb hisoblaydi, shu sabab futbolning to'laqonli qaytishini intizorlik bilan kutmoqda.

"Pandemiya juda og'ir davr bo'ldi", - deydi London graffiti muallifi. - Odamlarning yuziga tabassum olib keladigan noyob imkoniyatdan behad minnatdorman".

Albatta, Messi rassomlar orasidagi eng mashhur qahramonlardan biridir. Mana, Leo buqa va ajdaho bilan Bali (Indoneziya)da.

Bu esa Braziliyadagi San-Paulu.

Loyiha hatto Qobulgacha etib bordi. Afg'onlar sanat asarini Messisiz yaratishdi.

Parijdan La Liganing francuz yulduzlari - Antuan Grizmann ("Barselona"), Karim Benzema ("Real"), Maksim Gonalon ("Granada"), Nabil Fekir ("Betis") va Kevin Gameyro ("Valensiya"). O'yinchilar Parijning diqqatga sazovor joylari fonida tasvirlandilar.

Ayrim shaharlar malum bir futbolchilarni tasvirlamaslikka qaror qilishdi. Mana, Mexikodan misol.

Bu esa Kopengagen.

La Liganing qaytish sharafiga Gongkong (Xitoy), Bogota (Kolumbiya), Xoshimin (Vetnam), Lagos (Nigeriya) va Dar-us-Salom (Tanzaniya)da ham paydo bo'ldi. Ispaniyada ham buni nishonlashdi. La Ligadagi barcha klublarning liboslari Madrid markazida paydo bo'ldi.


Virtual fanatlar va intershum. Kecha La Liga o'yini Bundesligadan ko'ra ancha jonliroq ko'rindi

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика