So’nggi yangiliklar

23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  0 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  7 22:00РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" "Факел" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  3 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  818 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7 17:50Доминикан Рес. - Испания. Асосий таркиблар эълон қилинди  17 17:13Магуайр: "МЮни яна муваффақиятли қилиш вақти келди"  4 17:03Эндрик таништирув маросимига 43 минг мухлис келди  1

La Liga. "Barselona" restartni yirik g'alaba bilan boshladi Yangiliklar

La Liga. "Barselona" restartni yirik g'alaba bilan boshladi

Ispaniya chempionatining 28-turidan o'rin olgan "Malorka" - "Barselona" uchrashuvi o'z nihoyasiga etdi.

"Malorka" – "Barselona" 0:4

«Son Moish»

Gollar: 0:1 – 2 Vidal, 0:2 – 37 Breytueyt, 0:3 – 79 Alba, 0:4 – 90 Messi.

Malorka – Reyna, Sastre (Games, 46), Valent, Railo, Kubo, Poso, Dani Rodriges, Sevilya (Salibur, 84), Pedrasa (Baba, 57), Budimir (Prats, 85), Ernandes (Lago Djunior, 46).

Barselona – ter Stegen, Arauxo, Pike, Serdji Roberto (Semedu, 71), Alba, Buskets (Artur, 71), de Yong (Firpo, 84), Vidal (Rakitich, 46), Breytueyt, Messi, Grizmann (Suares, 57).

Ogohlantirishlar: Vidal (42), Alba (73), Dani Rodriges (86).


O'yin o'z nihoyasiga etdi!  "Barselona"ning ashaddiy muxlislarini tabriklaymiz!  Xizmatingizda kamina SHerzod Nurmatov bo'ldi. Etiboringiz uchun rahmat, azizlar!  

90+3. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLL!!! Messi!  Leo o'ng oyog'ida yo'llangan kuchli zarbasi orqali hisobni 0:4ga keltirdi!  

Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

90. Salibur o'ng qanot orqali hujumga qo'shildi va fint namoyish etdi, biroq bu jamoasiga naf keltirmadi.

90. "Barselona" to'liq ustunlikka ega va to'pni raqibga umuman bermayapti.

87. "Malorka" o'ng qanot orqali raqib jarima maydoni ichigacha kirib bordi, biroq to'p ancha uzoqlashib ketdi...

Yana bir vaziyatda Junior tomonidan yo'llangan zarba ozgina noaniq ketdi...

86. Dani Rodriges Rakitichga nisbatan qo'pol o'ynadi. Unga sariq ko'rsatildi. 

85. Hozirgina maydonga tushgan Firponi qanotdan oldinga boshlamoqchi bo'lishdi... ammo noaniq pas... raqib posboni to'pga egalik qildi.

84. Har ikkala jamoa tomonidan bir nechta o'zgarishlarga qo'l urildi. 

83. Messi raqib jarima maydoni ichiga kirib bormoqda, yo'q... to'p uzoqlashib ketdi.

79. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLL!!! Alba!!! Messining ajoyib uzatmasidan keyin ichkariga kirib borgan Alba hisobni 3-0 ko'rinishiga keltirdi! 

78. Davom etamiz. Ter SHtegen to'pni oldinga uzatdi, maydon markaziga kelayotgan to'pga Suares egalik qilayotgan bir paytda uni yiqitishdi. 

77. "Taym-out", futbolchilarga suv ichib olishlariga imkon yaratildi. 

76. Kuboning zarbasi yo'liga "Barsa" himoyachilari chiqib kelishdi. Burchak to'pi... Uzatmani Ter SHtegen urib yubordi. 

75. "Malorka" hujumga o'tishga urinyapti. Jumoa chap qanot orqali yorib kirmoqchi.

73. Albadan qo'pollik... va sariq kartochka! 

Afsuski, u o'z kumiri bilan suratga tusha olmadi. 

71. "Barselona"da navbatdagi o'zgarishlar: Roberto o'rniga Semedu, Buskets o'rniga Artur tushirildi.

69. "Malorka" burchak to'pini o'yinga kiritdi. Kuboning uzatmasi yaxshi g'oya edi, biroq "o'xshamadi". 

66. Zarbaaaaa! Messining yaqin masofadan yo'llagan zarbasi tepaga qarab ketdi.  

64. "Barselona" "Malorka"ni bosim ostida ushlab turibdi.  

60. Xavfli vaziyayayayayat! Suares va Arauxo to'p tomon intildilar: Luis zarba bera olmadi, biroq Arauxoning zarbasi kuchli ko'rinish oldi va darvoza ustunini poyladi! Uuuux! 

59.  Xavfli vaziyayayayat! Breytueyt!!!!!! Yakkama-yakka holatda gol ura olmadi... 

"Malorka"ning yosh yulduzi, "Barselona" tarbiyalanuvchisi bo'lgan Kubo do'sti Ansu Fati bilan.  

57. "Barsa"da o'zgarish: Grizmann o'rniga Suares tushirildi. 

56. "Malorka" chap qanotdan hujumga o'tdi, "Barsa" himoyachilari to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi. Burchak to'pi amalga oshirildi.  Hozircha foydasiz. 

53. Roberto raqib jamoa azosi tomonidan yiqitildi. 

52. To'p hakamga tegib ketdi. Unga qadar to'p "Barsa"da edi, shu tufayli uni Buskets o'yinga kiritadi.

51. Alba chap qanotdan oldinga o'tdi, to'p ortga de Yongga uzatildi... to'p oldirildi.

50. "Malorka" burchak to'pini o'yinga kiritdi.  To'p chap qanotga qadar etib bordi va u erdan kelgan uzatmani Pike qaytarib yubordi. 

48. Zarbaaaaaaa! Budimirning uzoqdan yo'llagan zarbasi juda xavfli ko'rinish oldi, bir oz noaniq.

47. "Barselona" to'pga egalik qilmoqda. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi!   

Vidal o'rniga Rakitich o'yinga qo'shildi. 

Birinchi bo'limdan suratlar

Birinchi bo'lim tugadi. Tanaffus! 

45+3. Messi "Malorka" himoyasini yorib kirdi, ammo himoyachilar to'pni qaytarib yuborishdi.  

45+2. Budimirning bosh bilan yo'llagan zarbasi samara bermadi. 

Birinchi bo'limga hakamlar tomonidan  4 daqiqa qo'shib berildi.  

44. "Barselona" to'pga egalik qilmoqda, "tiki-taka" ishga tushdi. 

42. Vidal Rodrigesga nisbatan qo'pollik ishlatdi. Unga sariq kartochka ko'rsatildi! 

37. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLL!  Breytueytning kuchli zarbasi gol bilan yakun topdi!!

36. Robertoning o'ng qanotdan uzatgan to'pi qarama-qarshi tomonga etib bordi. To'p orqaga yo'naltirildi... de Yong markazdan sheriklarini oldinga boshladi. 

35. "Malorka" o'yinchisi to'pni oldirib qo'ydi, "Barselona" to'pga egalik qilmoqda va u Ter SHtegengacha etib keldi. CHap qanotdan markaz tomon intilgan Alba Kubo tomonidan yiqitildi.

34. O'yin davom etadi! 

32. Futbolchilar ozroq tin olishadi. Hakam "taym-out" elon qildi. 

31. Vidal Dani Rodrigesni yiqitdi, jarima zarbasi...  Standartni Kubo amalga oshiradi. Zarbaaaaaa! Ter SHtegen o'z o'rnida! Kubodan ikkinchi chiroyli zarba, SHtegendan esa ikkinchi seyv!

30. "Malorka" futbolchisi o'ng qanotda o'zini namoyon etishga urinmoqda, "Barsa" himochilari to'pni qaytarib yuborishdi. 

27. "Malorka" maydon markazi orqali raqib himoyasini yorib o'tmoqchi, to'p o'ng qanotga, Kubogacha etib keldi va u tomonidan kuchsiz zarba yo'llandi.

26. Ter SHtegen sherigini o'ng qanotdan oldinga boshladi... To'p maydon markazigacha etib keldi.

Malumot uchun, Arturo Vidal "Barsa" safida rasmiy o'yinlardagi o'zining 10-golini urdi.

22. Kubodan xavfli zarba!!!! Ter SHtegen to'pni qaytardi. 

21. Messi va Breytueyt orqali boshlangan hujum, chap qanotga qadar etib bordi, ammo "Malorka" futbolchilari to'pni olib qo'yishdi. 

19. "Barsa" o'ng qanotda ancha faol o'yin ko'rsatmoqda, bu ko'proq Messi faktori bilan bog'liq, albatta. 

18. Messidan to'pni olib qo'yishdi. "Malorka" o'ng qanotdan hujumga intildi. To'p Ter SHtegenga qadar etib keldi.

16. Kubo "Malorka"ning dastlabki burchak to'pini o'ta muvaffaqiyatsiz amalgi oshirdi.

15. Messi o'ng qanot orqali raqib jarima maydoni ichkarisiga kirib keldi, uni raqib himoyachilari qurshab olishdi.

13. "Barsa"ning burchakdan uzatgan to'pi "Malorka"ning qarshi hujumiga zamin yaratishi mumkin edi...   

11. Messi orqali boshlangan "Barselona" hujumi Grizmanning goli bilan yakunlanishiga oz qoldi. 

9.  Yaponiyalik yosh iqtidor egasi Kubo "Barselona" himoyachilarini aldab o'tishga urinmoqda. 

8. "Barselona" Pike orqali hujum boshlamoqda.  To'p maydon markazida. 

6. "Barselona" har doimgidek to'pga egalik qilmoqda.

2. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLL!!!!!!!  Alba uzatmasidan so'ng Arturo Vidal bosh bilan Reyna darvozasini ishg'ol etdi! 

1. Ushrashuv boshlandi! 

O'yin oldidan 1 daqiqalik sukut saqlandi. 

Onlayn turnir jadvalida "Barselona" 58 ochko bilan peshqadam bo'lsa, "Malorka" 25 ochko bilan 18-o'rinda joylashgan. 

"Barselona" stadionga etib keldi. O'yin boshlanishiga oz qoldi. 

"Son Moish" bugungi o'yinga tayyor! 


"Barselona" azolari barcha karantin talablariga rioya etgan holda "Son Moish" tomon yo'l oldilar.  

- Uchrashuv boshlanishiga oz vaqt qolmoqda.

- Assalomu alaykum, hurmatli futbol muxlislari! Mana uzoq tanaffusdan so'ng, biz yana katta o'yinlarni tomosha qilib borishga muyassar bo'lmoqdamiz.  Bugun La Liga 28-turi doirasida "Barselona" mehmonda "Malorka"ga qarshi o'ynaydi. 

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика