La Liga jamoasi futbolchisi 3 yillik tanaffusdan so'ng maydonga qaytishga yaqin
18 iyu 2020 19:40
Yangiliklar


La Liga jamoasi futbolchisi 3 yillik tanaffusdan so'ng maydonga qaytishga yaqin
“Vilyarreal” La Liga 30-turi doirasida 19 iyun sanasiga belgilangan "Granada"ga qarshi bahs uchun futbolchilar qaydnomasini elon qildi.
Ro'yxatdan yarim himoyachi Bruno Soriano ham o'rin oldi. 36 yoshli o'yinchi tizzasidagi muntazam jarohatlar tufayli 3 yil maydonga tushmadi. Uning so'nggi rasmiy uchrashuvi esa 2017 yilning may oyida "Valensiya"ga qarshi bo'lib o'tgan.
Soriano 2010-2016 yillar davomida Ispaniya terma jamoasi sharafini ham himoya qilgan edi.
O’xshash yangiliklar
02:25
La Liga. "Barselona" mavsumdagi so'nggi o'yinda mehmonda "Atletik"ni yirik hisobda mag'lub etdi 10

Fikrlar