So’nggi yangiliklar

01:25Симоне Индзаги "Манчестер Юнайтед"га рад жавобини берди  0 00:55Испания Суперкубоги. "Барселона" биринчи бўлимнинг ўзида "Атлетик"ни янчиб ташлади  26 00:50Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон - Ливан 3:2  2 00:48"Қизилқум" украиналик легионер билан шартнома имзолади  0 00:40Шоҳруз Норхонов расман "Қизилқум"да қолади  1 00:35АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Брайтон"ни меҳмон қилмоқда, Ҳусанов асосийда (онлайн ҳисоб)  13 00:30Расман: Дилшод Аҳмадалиев – "Бунёдкор" футболчиси!  0 00:20Росеньор "Челси" устози сифатида илк уй учрашувида "Арсенал"га қарши тўқнаш келиши ҳақида гапирди  2 00:07Бруну ва Магуайр жароҳатдан қутулиб, МЮ қайдномасига қайтишди  0 00:04АПЛ. "Бёрнли" – "Манчестер Юнайтед". Бошланғич таркиблар аниқ!  3 23:46АПЛ. "Фулхэм" – "Челси". Бошланғич таркиблар аниқ!  0 23:19Жуд Беллингем: "Биз Хаби Алонсо биланмиз. Эртага реванш олишга ҳаракат қиламиз"  0 23:11Хаби Алонсо: "Эртанги ўйин 2:5 каби бўлмаслигига 100% аминман. Эртага бошқача тарих ёзилади"  2 22:20Ўйнайди ё ўйнамайди? Мбаппенинг Испания Суперкубоги финалида иштирок этиши истисно қилинмаяпти  2 21:55Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"  16

Hakim Fuzaylov: "Agar gol urmasak kerakli ochkolarni qo'lga kirita olmaymiz" Yangiliklar

Hakim Fuzaylov: "Agar gol urmasak kerakli ochkolarni qo'lga kirita olmaymiz"

Superliga 22-turidan o'rin olgan "Xorazm" - "Qo'qon-1912" (0:0) uchrashuvidan so'ng "Xorazm" bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- Bahs qanday kechganini hamma ko'rdi. O'z maydonimizda navbatdagi uchrashuvni o'tkazdik va katta ustunlikka ega bo'ldik. Xavfli vaziyatlar ko'p bo'ldi. Lekin eski kasalimiz qo'zg'ab vaziyatlardan foydalana olmadik. Gol urishda muammolar yuzaga kelyapti. Bizga ustalik bilan foydalanish etishmayapti.

O'yinga borini berish va harakat qilish bo'yicha shogirdlarimga etiroz yo'q. Etiroz faqat gol urmaslikda va bazi taktik rejalar ishlamasligida bo'lib qolyapti. Agar gol urmasak kerakli ochkolarni qo'lga kirita olmaymiz. Superliga tugashiga 8 tur qoldi va buyog'iga yanada jiddiy bo'lishimizga to'g'ri keladi. Hisobimizda 20 ochko bor. Boshqalardan orqada qolib ketmaslik uchun ko'proq ochko jamg'arishimiz lozim. Hali kurash oldinda.

- Jamoa nima uchun golli vaziyatlardan foydalana olmayapti?

- O'yin tomonlama etirozim yo'q. Biz hamma bilan yaxshi o'ynayapmiz. Chempionat etakchilariga qarshi ham yomon ko'rinmadik. Faqat gol urish qiyin bo'lyapti. Bu futbolchilar saviyasi bilan bog'liqmi? Agar shunday desak, bizda tajribali o'yinchilar ham, yoshlar ham bor. Hammaga vaqt kerak. Birdaniga nimagadir erishish oson bo'lmaydi. Maqsadimiz, jamoani Superligada olib qolish. Bu oson bo'lmasligini bilamiz, lekin harakat qilishda davom etamiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика