So’nggi yangiliklar

17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  0 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  1 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  0 15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   13 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  3 13:35Неймар ва "Сантос" шартномани 2026 йил якунига қадар узайтиришди  0 13:02Бугунги ўйинлар: Ўзбекистон U-23 — Ливан U-23, Ҳусанов “Сити” билан уйда ва бошқалар  3 12:56Месси ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Гоҳида кимдандир "отписка" қилишни хоҳлайман, лекин бунинг оқибатларини биламан"  8 12:23U-23 Осиё Кубоги: юришимиз Ливандан бошланади. Рақиб ҳақида нималарни биламиз?   2 12:22"Ювентус"нинг мағлубиятсиз серияси 6 та ўйинга етди – 5 та ғалаба ва бир дуранг  2 11:54Месси Майамидаги ҳаёти ҳақида: "Бу ерда анча хотиржам яшаяпман. Одамлар футболга катта аҳамият беришмайди"  5 11:31"Ман Сити" 20 ёшли марказий ҳимоячисини Бундеслига жамоасига ижарага берди  0 10:48Лионель Месси келажакда ўзини мураббий сифатида кўриш-кўрмаслиги ҳақидаги саволга жавоб берди  1

Bahrom Haydarov: "Durang bizni ham, raqibni ham qoniqtirmadi" Yangiliklar

Bahrom Haydarov: "Durang bizni ham, raqibni ham qoniqtirmadi"

Superliga 22-turidan o'rin olgan "Xorazm" - "Qo'qon-1912" (0:0) uchrashuvidan so'ng "Qo'qon-1912" bosh murabbiyi Bahrom Haydarov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- Bugun olti ochkoli bahsni o'tkazdik. Chunki jamoalar turnir jadvalida bir-biriga yaqin joylashgandi. Mavsum boshidan beri kuzatib kelyapmiz, "Xorazm" to'pni nazorat qilish bo'yicha yaxshi jamoa hisoblanadi. Bugun bizga qiyin bo'ldi. To'psiz ko'roq harakat qilganimiz bos futbolchilarimiz toliqib qoldi va ko'p kuch yo'qotdik. Shunga qaramay yigitlarga oxirigacha kurash olib borishgani uchun rahmat aytmoqchiman. O'ylaymanki, durang bizni ham, raqibni ham qoniqtirmadi. Sababi uch ochko har ikki jamoaga zarur edi. Ikkala jamoada ham vaziyatlar bo'ldi. Kim gol ursa yutib ketardi.

- Jamoangiz ko'p hujum qildi, biroq xavfli vaziyatlar kam yuzaga keldi.

- To'g'ri aytdingiz, ko'p hujum qilganimiz bilan kam vaziyatlarni yuzaga keltirdik. Balki bu futbolchilarimizning to'pni oldirib qo'yishga qo'rqqani bilan bog'liq bo'lsa kerak. Xayolda yutqazib qo'ymaslik bo'ldi va bu ham o'yinga o'z tasirini o'tkazdi.

- Shahzod Beshimov nima uchundir ko'rinmay qoldi.

- Chunki u og'ir jarohat olib hozir davolanish muolajalarini olib boryapti.  Beshimov oyog'ini operaciya qildirdi va sog'ayib maydonga qaytishi uchun birmuncha vaqt kerak bo'ladi. U bu mavsum oxirigacha safdan chiqdi. Nasib qilsa kelasi mavsum jamoamizga yordam beradi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика