So’nggi yangiliklar

00:31Шайҳлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  0 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  0 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  1 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  3 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  2 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  1 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  3 19:28"Ювентус" "Манчестер Юнайтед" ҳужумчисини трансфер қилмоқчи  0 19:16Расман: Ўзбекистоннинг ўтган мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси "Қўқон-1912"га ўтди  1 19:00Конате Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1

La Liga. "Barsa" "Elche" darvozasiga javobsiz 4 ta to'p yo'lladi, Levadan dubl! Yangiliklar

La Liga. "Barsa" "Elche" darvozasiga javobsiz 4 ta to'p yo'lladi, Levadan dubl!

Ispaniya chempionati 27-turidan o'rin olgan bahs tafsilotlarini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.

Elche – Barselona 0:4  

00.00, «Martines Valero»

Gollar: Levandovski 20', 66' Fati 56', Torres 70'

Elche – Badiya, Karmona (Guti, 54), Bigas, Palasios, Blanko (Fernandes , 65), Klerk, Fidel, Maskarel, Gumbau, Morente (Xosan, 65), Milya (Ponse, 76).

Barselona – ter SHtegen, Arauxo (Torre, 77), Alonso, Kunde, Alba, Erik Garsiya, Serji Roberto, Gavi (Kesse, 68), Ferran Torres, Fati (Garrido, 84), Levandovski.

Ogohlantirishlar: Gavi (60), Arauxo (74), Levandovski (88).



Bahs yakunlandi! "Barselona" yirik g'alabani tantana qildi – "Real" bilan oradagi farq 15 ochkoga etdi. 

90+3. Zarba! Fidelning yaqin masofadan bergan zarbasini ter SHtegen qaytarishga erishdi va darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. 

Ikkinchi taymning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

88. Levandovski qoidani buzdi va ogohlantirildi. 

86. "Elche"da xavfli zarbalar bor, biroq to'p darvozaga kirmayapti. 

84. O'zgarish: Fati o'rniga Garrido o'yinni tugatib qo'yadi.

80. Uuuux! Xosanning xavfli zarbasidan so'ng to'p ustun oldidan o'tib ketdi...

77. "Barselona"da almashtirish: Arauxo o'rniga Torre maydonga tushirildi.

76. "Elche"da navbatdagi o'zgarish: Milya o'rniga Ponse o'yinga qo'shildi.

74. Arauxo raqibni qoida buzish evaziga to'xtatdi va sariq kartochka bilan jazolandi. 

70. GOOOOOOOOOOOOOOL! Ferran Torresning chap oyoqdagi aylanma zarbasidan keyin to'p darvoza to'ridan joy oldi – 0:4!

68. Uchrashuvning eng yaxshi futbolchilaridan biri Gavi o'z o'rnini Kessega bo'shatib berdi.

66. GOOOOOOOOOOOOOL! "Elche" xatosidan unumli foydalangan "Levangolski" dublni rasmiylashtirdi – 0:3!

65. Tete Morente o'rniga Xosan, Lautaro Blanko o'rniga Nikolas Fernandes maydonga tushdi.

64. Zarbalar bo'yicha hisob – 1:4.

60. O'yindagi ilk sariq kartochka: Gavi qo'pollik ishlatgani uchun ogohlantirildi. 

56. GOOOOOOOOOL! Ansu Fati chap burchakni nishonga olib, hisobni oshirdi – 0:2!

54. Xose Anxel Karmona jarohat tufayli o'yinni davom ettira olmadi. Uning o'rniga Raul Guti tushirildi.

48. Bugungi bellashuvni tomosha qilish uchun 28142 tomoshabin kelgani elon qilindi.

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

Birinchi taym tugadi. Hozircha hisob – 0:1. Tanaffus! 

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shildi. 

45. Zarbaaa! Qanday seyv! Gavining qulay pasidan so'ng Kunde xavfli zarbaga mualliflik qildi. Badiya bu holatda jamoasini goldan saqlab qoldi.   

43. Uuuux! Ferran Torresning havolatib amalga oshirgan pasidan keyin Levandovski bosh bilan zarba berdi, biroq aniqlik etishmadi. 

41. Gavi Klerkni yiqitdi. Tomoshabinlar hakamdan "Barselona" futbolchisiga kartochka ko'rsatishni so'rashmoqda. 

38. Palasios Gaviga nisbatan qo'pollik ishlatdi, hakam qoida buzish qayd etdi, muxlislar esa norozi.

38. Mezbonlar faollikni oshirishdi. Faqat hozircha standartlardan foyda bo'lmayapti. 

34. "Elche" burchak zarbasini amalga oshirgach, ter SHtegen to'pni ilib oldi. 

27. Zarba! Albaning uzatmasidan keyin Levandovski zarba yo'lladi, to'p yo'liga himoyachilar g'ov bo'lishdi. 

25. Etibor bergan bo'lsangiz, Erik Garsiya bugun tayanch yarim himoyasida o'ynamoqda. 

20. GOOOOOOOOOOOOOOOOL! Arauxoning pasidan so'ng Levandovski to'pni darvozaga yo'lladi – 0:1!  

16. O'yindagi holatlar keskin tus olmayotganini inobatga olib, kataloniyaliklarga doir yangilik bilan bo'lishamiz. "Catalunya Radio"ning yozishicha, "ko'k-anorranglilar" chap qanot vingerligiga futbolchi qidirmoqda. Ro'yxatda Son Xyon Min, Saloh va Luis Dias nomlari bor.

12. Levandovski katta tezlikda oldinga borayotganda raqib himoyachisi tomonidan to'xtatib qolindi.

10. Pedro Bigas Levandovskiga nisbatan sal qo'pol harakat qildi, hakam o'yinni to'xtatdi.

7. "Barselona" sekin-asta nazoratni o'z qo'liga olmoqda. Hozircha aytarli xavfli vaziyat ro'y bermadi. 

3. Burchak zarbasidan samara chiqmadi, "Barsa" himoyachilari to'pni uzoqlashtirishdi.

2. Tete Morentening zarbasi yo'l-yo'lakay Albaga tegib, yo'nalishini o'zgartirdi, burchak to'pi.

1. Uchrashuvga start berildi!

 "Martines Valero" uchrashuvni qabul qilishga shay!

- Bahs 00:00 da boshlanadi. 

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ixlosmandlari! Bugun "Barselona!" "Martines Valero"da "Elche" mehmoni bo'ladi. Ushbu uchrashuvni yaqin 2 soat ichida biz bilan birgalikda kuzatib boring.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика