So’nggi yangiliklar

00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  0 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  34 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0 20:26Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди  47 19:50Моуриньюга АПЛдан янги вариант пайдо бўлди  3

KXDR bosh murabbiyi: "O'zbekistonlik futbolchilar individual tomonlama kuchli" Yangiliklar

KXDR bosh murabbiyi: "O'zbekistonlik futbolchilar individual tomonlama kuchli"

O'zbekiston va KXDR terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik o'yinidan so'ng mehmonlar ustozi matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"O'ylaymanki, bugun har ikki jamoa ham yaxshi o'yin namoyish etdi. O'zbekiston bahsda kuchliroq ko'rindi. Aytishim lozimki, jamoamiz yig'ilganiga endi 20 kun bo'ldi. Umuman olganda o'yin yaxshi o'tdi", - deb so'z boshladi koreyalik murabbiy.


-O'tkazib yuborilgan dastlabki ikkita golni qanday izohlaysiz?

-Aytish mumkinki, stadiondagi atmosfera futbolchilarga bosim o'tkazdi. Biz o'yindan-o'yinga futbolchilarimizning mahoratini oshirib boramiz. 


-2010 yilda KXDR juda yaxshi taassurot qoldirgandi. O'shandan keyin jamoa o'sishi kutilgandi. Biroq, pasayish yuzaga keldi. Bunga sabab nima?

-Bizda yosh futbolchilarning rivojlanish jarayoni ko'ngildagidek kechmadi. 2010 yildan so'ng ko'p kuchli futbolchilarimiz bilan xayrlashdik. Bunga aynan shu sabab bo'lishi mumkin. 


-Bugungi o'yindan kelib chiqib, O'zbekiston terma jamoasining eng kuchli tomoni nimada deb o'ylaysiz?

-O'zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilarining individual mahoratlarini alohida qayd etib o'tgan bo'lardim. 


Aziz To'xtamurodov yozib oldi

Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика