Kutish rejimi: A Seriya 36-tur yakunlari
10 may 2022 19:50
Yangiliklar
Kutish rejimi: A Seriya 36-tur yakunlari
"Inter" "Empoli"dan g'alabani tortib oldi
Uchrashuvning 3-daqiqasida Juravskiyning uzatmasini "ko'k-qoralar"ning sobiq forvardi Pinamonti bir zarba bilan raqib darvozasiga joylab qo'ydi. Bahsgacha bo'lgan intervyuda o'zi vada berganidek, golni nishonlamadi. SHundan so'ng, hakam "Empoli" darvozasiga penalti belgiladi, ammo o'sha zahoti bu fikridan qaytdi. Ko'p o'tmay, Toskana klubi yana gol urishga erishdi. Asllani ajoyib tarzda De Vreyni aldab o'tdi va Xandanovich darvozasini ishg'ol qildi. Biroq shundan keyin "Inter" o'ziga kelib, tajovuzkor o'yin ko'rsata boshladi. Bir qator xavfli vaziyatlardan so'ng, jamoa hisobiga gol yozildi. Romanoli raqibi Dimarkoning oshirgan to'piga ehtiyotsizlik bilan zarba berdi va o'z darvozasiga gol urib qo'ydi. "Empoli"ning aynan shu nuqtasida muammolar borligini anglagan "neradzurri" birinchi bo'lim yakunigacha yana gol urdi. CHalxanoglu qanotdan to'pni orqaga oshirdi, Lautaro esa uzoq burchakni mo'ljalga olib, gol urdi.
"Inter" tanaffusdan keyin ham bosim o'tkazishda davom etdi, "Empoli"ning esa bunga dosh berishi qiyinroq bo'ldi. Barella uzoqdan yaxshi zarba berdi, CHalxanoglu vaziyatni qiyinlashtirdi, biroq toskanaliklar taym o'rtalariga qadar gol bo'lishiga yo'l qo'yishmadi. Lekin bir vaziyatda o'zlari xato qilishdi: Barellaning uzatmasini to'xtatishga muvaffaq bo'lgan Luperto ehtiyotsizlik sabab Lautaro gol urishiga imkoniyat yaratib berdi. Jeko hisobdagi farqni oshirishi mumkin edi, ammo to'pni darvoza ustuni qabul qildi. Hujum qilishga kuchi qolmagan "Empoli" yana bir golni qabul qilib oldi. Jeko raqib himoyachisini aldab o'tib, 90-daqiqada jarima maydoniga pas berdi. U erdan Sanches to'pni darvoza to'qqizligiga joylab qo'ydi. "Inter" o'z muxlislarini asabiylashtirgan bo'lsa-da, g'alabaga erishdi.
"Jenoa" "Yuventus"ni mag'lub etdi
Ushbu bahs ikki jamoa uchun ham katta ahamiyatga ega, lekin "Jenoa" uchun ancha muhimroq edi. Uchrashuv "keksa sinora"ning hujumidan boshlandi. Dibalaning uzatmasidan keyin Moyze Kin to'pni darvoza tepasidan o'tkazib yubordi. Argentinalik juda faol o'ynadi, uzoqdan yaxshigina zarba yo'lladi, lekin Sirigu to'pni qaytardi. "Jenoa" ham qarshi hujumlari bilan raqibini bezovta qilib turardi. Ayniqsa, Mellegonining uzoqdan bergan zarbasi juda xavfli chiqdi, biroq SHHensniy pand bermadi.
Tanaffusdan keyin mehmonlar oldinga o'tib olishdi. Moyze Kin to'pni Dibalaga oshirdi, u esa aylanma zarba bilan golkiperga imkon qoldirmadi. O'sha zahoti dubl qayd etishi mumkin edi, ammo Vlaxovichning pasini darvoza ustuniga qarab tepdi. "Yuve" yaxshigina bosim qildi, Kin va Moratada ajoyib imkoniyatlar bo'ldi. Biroq Sirigu o'sha lahzalarda qoyilmaqom o'yin ko'rsatdi. Uchrashuv mehmonlar foydasiga hal bo'layotgandek edi, ammo kutilmaganda, "grifonlar" vaziyatni o'zgartirib yuborishdi. Amiri jarima maydonida turgan Gudmundsonga ajoyib pas berdi, u esa bir zarba bilan hisobni tenglashtirdi. Bir daqiqa o'tib, Amiri jamoasini hisobda oldinga olib chiqishi mumkin edi, lekin u juda qulay vaziyatdan to'pni darvozabon turgan nuqtaga yo'lladi, "Yuventus" esa xavfli qarshi hujumga qochib ketdi. Morata to'pni qizg'onmadi va Kinga pas berdi, ammo u bo'sh darvozaga gol urolmadi. Bu hali hammasi emas. Qo'shib berilgan vaqtning 6-daqiqasida jarima maydonida Ekuban yiqitildi. To'p yoniga Krishito keldi va ishonch bilan penaltidan gol urib, "Jenoa"ga g'alabani tuhfa etdi.
"Milan" "Verona"dan kuchliroq
O'yin boshida "qizil-qoralar" gol urishi uchun yaxshi imkon paydo bo'lgandi, lekin Krunich qanotdan uzatilgan to'pni darvoza tepasidan o'tkazib yubordi. Ko'p o'tmay, Kalabriya va Tonalli devor uslubida o'ynab, ajoyib hujum uyushtirishdi, biroq himoyachining zarbasi unchalik ham kuchli chiqmadi. "Verona" esa bunga yanada xavfliroq zarba bilan javob qaytardi: Lazovichning uzatmasini Faraoni boshi bilan gol urdi. "Milan" tajovuzkorlik bilan oldinga intildi va tanaffusgacha hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'ldi. Leaoning uzatmasini Tonalli raqib darvozasiga joylab qo'ydi.
Ikkinchi bo'lim boshida Leao yana katta tezlikda ajoyib reyd amalga oshirdi. Portugaliyalik deyarli maydon markazidan yugurib keldi va pas berdi, Tonalli esa qiyinchiliksiz hisobiga gol yozdirib qo'ydi. Tonalli 3-golini urishga yaqin edi, biroq darvozabon uning uzoqdan kelgan zarbasini qaytardi. "Verona" kamroq hujum qildi, lekin shu o'rinda "qizil-qoralar"ning himoya chizig'idagi futbolchilar yaxshi o'ynab, "mastiflar" hujum qilishiga yo'l qo'ymaganini takidlash lozim. Uchrashuv oxirlarida Messias ajoyib pas berdi, Florenci esa to'pni kuchli zarba bilan raqib darvozasini ishg'ol qildi. "Milan" skudetto uchun kurashda hamon etakchi bo'lib qolmoqda.
"Atlanta" "Speciya" ustidan g'alaba qozondi
Maydon egalari bahsni juda faol boshlashdi, Agudello yaxshi nuqtaga chiqib borib, zarba berdi, ammo noaniq. "Atalanta"ning "javobi" esa undanda xavfli bo'ldi. Malinovskiy zarba beradigandek bo'ldi-yu, ayyorlik qilib to'pni Murielga tashlab berdi. Luis esa ajoyib zarba bilan darvozani nishonga oldi. SHundan so'ng, o'yin ancha tinchlandi va uni "Atalanta" himoyasining xatosi yana jonlantirib yubordi. Verde Musso bilan birga-bir vaziyatga qochib ketdi, uni dog'da qoldirib, to'pni bo'sh darvozaga yo'lladi. "Atalanta" bo'lim oxirida hujumda faollashishga urindi, lekin chinakamiga xavfli vaziyatgacha ish etib bormadi.
Tanaffusdan keyin ilk vaziyat Murielda bo'ldi. U dublni rasmiylashtirishi mumkin edi, lekin Melening uzatmasidan keyin kolumbiyalik futbolchi mo'ljalda adashdi. "Atalanta" vaqt o'tgani sari ustunligini mustahkamlab borardi, ammo chinakamiga golli vaziyatlar u qadar ko'p emasdi. O'sha gol standartdan keyin yuzaga keldi, uzatmadan so'ng Demiralning to'pni Jimsitiga o'tkazdi, u esa mo'ljalda adashmadi. Ko'p o'tmay, Gyassida ajoyib imkoniyat bo'ldi, ammo forvard zarba beraman deb qoqilib tushdi. "Speciya" chindan faolroq harakat qila boshladi, lekin qarshi hujumni o'tkazib yubordi. Muriel o'zi zarba berishi mumkin bo'lsa-da, to'pni Pashalichga etkazdi Mario esa darvoza burchagini mo'ljalda adashmadi va jamoasi uchun evrokuboklarga imkoniyatni saqlab qoldi.
"Fiorentina" "Roma"dan ustun keldi
"Fialkalar" o'yinni katta ishtiyoq bilan boshlashdi va 5-daqiqadayoq birinchi imkoniyatga ega bo'lishdi. Jarima maydonchasida Gonsales yiqitildi va jabrlanuvchining o'zi penaltini tepib, imkoniyatdan unumli foydalandi. Deyarli keyingi hujumdayoq Kabral to'pni Bonaventuraga etkazdi, yarim himoyachi esa ortiqcha muammosiz jarima maydonchasiga yorib kirdi va uzoq burchakni nishonga oldi. "Roma" himoyasi nega uni bunchalik bo'sh qo'yganiga javob topish qiyin. Faqatgina shu goldan keyin "bo'rilar" biroz o'zlariga kelgandek bo'lishdi. Avvaliga Pellegrini jarima zarbasidan, keyin Abraxam o'tkir burchakdan zarba berdi. Biroq Terracinoni dog'da qoldira olishmadi. O'z navbatida, mezbonlar gol urishga muvaffaq bo'lishdi, ammo Bonaventura ofsaydda qolib ketgandi.
Ikkinchi bo'lim boshlanishi bilan Abraxamda yaxshi imkoniyat bo'lgandi. Biroq uning boshi bilan bergan zarbasi biroz noaniq chiqdi. "Fiorentina"da ham imkoniyatlar bo'ldi, Amrabat Kabralning uzatmasidan keyin xavfli zarba berdi. "Roma" vaqt o'tgani sari ko'proq hujum qila boshladi va "Fiorentina" ustozi o'zgarishlar qilishga qaror qildi. Jumladan, Ikone jamoasi o'yinini kuchaytira oldi va qarshi hujumda raqib himoyasiga muntazam ravishda bosim uyushtirardi. O'yin oxirida aynan u Malexni qulay vaziyatga chiqardi, lekin Ruy Patrisio chaqqonroq harakat qildi. Natijada, "Fiorentina" g'alabani saqlab qoldi va "Roma"dan endi bor yo'g'i 1 ochkoga ortda qolmoqda. CHempionat oxirida bu jamoalar kurashi ham ancha qiziq bo'ladi.
SHuningdek, "Lacio" "Sampdoriya"dan kuchliroq, "Napoli" "Torino"ni mag'lub etdi, "Sassuolo" va "Udineze" durang o'ynashdi.
Sergey Rumyancev
Fikrlar