So’nggi yangiliklar

02:58Бельгия Про лигаси. "Антверпен" ўз майдонида дуранг ўйнади, Ўринбоев захирадан майдонга тушди  0 02:51Юсуф Отубанжо нима сабабдан Арманистондаги сингари кўп гол ура олмаётганига изоҳ берди  1 02:13Имеда Ашортиа: "Футбол фақат гол уриш ва голли узатма беришдан иборат эмас"  0 02:08Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Вильярреал"ни таслим этди  5 02:04А Серия. "Интер" ва "Кромонезе" ўртасидаги ўйинда 5 та гол урилди  0 01:32Бундеслига. "Бавария" меҳмонда "Айнтрахт"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  0 00:32Рўзиқул Бердиев: "Рақибга ҳеч қандай босим ўтказмадик"  3 00:07АПЛ. "Челси" Эстеваонинг 90+5 дақиқада урган голи эвазига "Ливерпул"ни мағлуб этди  46 23:55"Тобол" ва Шахбоз Умаров Қозоғистон кубогини қўлга киритди  1 23:50"Бухоро" "Пахтакор"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, "Динамо" эса сафарда "Сурхон"ни енгди.  1 23:01Февзи Давлетов: "Негадир бир текис ўйин кўрсата олмаяпмиз"  3 22:38Вадим Абрамов: "Каннаваро "Олтин тўп" олганини биламан. У зўр футболчи бўлган. Афсуски, бизда ўйнамайди, балки мураббийлик қилади"  9 22:10АПЛ. "Арсенал" ва МЮ ўз уйида ишончли ғалабага эришди  10 21:57Александр Хомяков: "Афсуски, кўп гол ўтказиб юбордик"  5 21:22Камолиддин Тожиев: "Чиройли ўйин бўлди, ғалаба учун ҳаммага раҳмат"  1

Kutilgan hol Yangiliklar

Kutilgan hol

Diyor Imomxo'jaevning PFL bosh direktori etib tayinlanishi kutilgan hol deb o'ylayman.

Aslida bosh direktormi yoki bosh direktor vazifasini bajaruvchimi, hozirgi sharoitda buning farqi yo'q. CHunki hozir barchaning o'y-xayoli bitta narsaga qaratilgan: karantindan keyin futbolimiz qanday holatda bo'ladi? Va bu borada ko'pchilik lavozim darajasi bilan qiziqayotgani yo'q. 

Biz nima sababdan avvalgi rahbar Davron SHoqurbonov ishdan bo'shaganini bilmaymiz. Bu haqda PFL rasmiy bayonot bermadi. PFL faqat bosh direktor vazifasini bajaruvchi etib Diyor Imomxo'jaev tayinlanganini elon qildi.

Ayni paytda PFL bosh direktorligiga Diyordan yaxshi nomzod yo'q edi. Ha, u katta futbol o'ynamagan (bir xil mutaxassislar shunday deyishni yaxshi ko'radi: sen o'zi futbol o'ynaganmisan?) Bu bilan sen futbolda nimani ham tushunarding demoqchi bo'lishadi shekilli.

Lekin Diyor Imomxo'jaev o'qigan, tushungan yigit. U baribir futbol ichidan chiqdi, bir dumalab chetdan kelib qolgani yo'q. U PFLda ikkita rahbar bilan ishlashga ulgurdi. Ko'p tajriba to'pladi. Hujjat va qog'oz bilan ishlashni o'rgandi.

Diyor Imomxo'jaevning menga yoqadigan eng yaxshi xislati bu - to'g'riso'zligi va miyasiga nima kelsa shuni aytishi. Uning fikri to'g'ri yo noto'g'ri, bu ikkinchi masala, muhimi o'zining mustaqil fikri bor va shuni doim baralla aytib kelgan. Diyor Imomxo'jaev bu lavozimga tanish-bilish orqali emas, balki o'z mehnati sabab erishdi. Uning futbolda "tankasi" yo'q deb o'ylayman. "Tankasi" bor bo'lsa ham bu - uning fikrlashi va qo'lidan keladigan ishni bajarishi.

Diyor qiyin vaziyatda boshqaruvni qo'lga oldi. Karantindan keyin qay yo'sinda davom etishimizni belgilab olish oson bo'lmaydi. Umuman bundan keyingi futbol qanday holatda bo'lishi mavhum. Koronavirus balosi juda ko'p sohalarni to'xtatib qo'ydi. Bu baloni ildizi bilan yo'qotmay turib futbol yana avvalgi darajasiga qaytishiga ishonish qiyin.

Hozirgi sharoitda Diyor Imomxo'jaev oldida karantindan keyingi Superliga, Proliga va boshqa ichki musobaqalarni qay tarzda davom ettirish birlamchi vazifa bo'lib turibdi. CHunki qanday bo'lmasin chempionatni davom ettirib qo'yish kerak. O'ylaymizki, uning oldida bir nechta variantlar yo'q emas.

Diyor Imomxo'jaevni qo'llaydigan birinchi navbatda bu - klublar. SHu bois qandaydir qaror chiqarishdan oldin klublar taklifini o'rgansa va atrofdagilarning o'rinli maslahatiga quloq solsa, o'ylaymanki, uning ishlari besh bo'ladi. Faqat buning uchun birinchi navbatda hamma klubni birdek ko'rib bamaslahat ish yuritishi shart.

Yangi lavozim va yangi masuliyatli ishda unga omad tilab qolaman.

X.Xoliqov.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика