So’nggi yangiliklar

02:00Конференциялар лигаси саралаши. Ҳусанов захирадан тушган ўйинда "Ланс"дан ғалаба, де Хеадан "омадсиз камбэк"  1 01:27Рафаэль Бенитес ўзи мураббийлик қилган энг яхши футболчи кимлигини айтди  4 01:06Саудия Арабистони. "Ал Насср" мавсумни дуранг билан бошлади  2 00:37"Лион" барча футболчиларини трансферга қўйди. Сабаби ҳам маълум  1 00:16Энрике Мбаппе ҳақидаги саволга жавоб беришни истамади: "Сизлар зерикарлисизлар"  2 23:50Харри Кейн: "Энди менда ҳам совринлар учун курашишга имкониятлар бор"  1 23:28Конференциялар лигаси саралаши. "Челси" ва "Ланс"нинг баҳс учун таркиблари маълум қилинди  2 23:20Гўзалликни қадрлайдиганлар учун! ЖЧ-2030 финали учун барпо қилинадиган стадионни кўрдингизми?  4 22:51Максим Шацких ёрилди: "Бу томорқада қандай қилиб футбол ўйнаш мумкин, билмайман"  48 22:22Хамес янги жамоаси билан шартнома имзолаш учун Мадридга учиб борди  2 21:59Февзи Давлетов: "Пахтакор" билан ўйин учун футболчиларни руҳан тайёрлаш шарт эмас"  13 21:19Суперлига. "Пахтакор" - "Сурхон" 0:1  12 21:08Асрор Алиқулов: "Бугунги ўйинда асосан тезкорлик ва жараённинг боришига қараб қарши ҳужумни мақсад қилгандик"  1 21:05Фарҳод Нишонов: "Вазиятларни муваффақиятли якунлайдиган футболчилар етишмаяпти"  1 21:04Суперлига. "Сурхон" 30 йилдан кейин яна "Пахтакор"ни Тошкентда мағлубиятга учратди!   99

Kundalik: O'zbekiston nomli orol, milliarderlarning omadsizligi va Dubaydagi musobaqa atmosferasi Yangiliklar

Kundalik: O'zbekiston nomli orol, milliarderlarning omadsizligi va Dubaydagi musobaqa atmosferasi

BAAda boshlangan Osiyo Kubogidagi kundalikning birinchi qismi mening (Jasur Aslanov) chekimga tushdi.

CHunki kamina ushbu mamlakatga birinchilardan etib boradigan saytimiz vakillaridan biri edim.

Birinchi marta boshqa mamlakatga yo'l olayotganim va ilk bor samolyotda uchayotganim tufayli Internetda o'zim uchun kerakli bo'lgan malumotlarni izladim. Bu jarayonda Dubayda O'zbekiston nomli orol borligini bilim oldim. The World deb nomlangan suniy "er shari"da mamlakatimizdan tashqari, boshqa davlatlar nomi berilgan orollar ham bor ekan. Ayni damda ushbu "mamlakatlar"da qurilish ishlari davom etyapti. Ularni turli millioner va milliarderlar xarid qilishmoqda.

SHunday qilib, Moskvaga uchib ketdim, chunki chiptam avval Rossiya poytaxtiga, keyin esa Dubayga rasmiylashtirilgan edi. Toshkent-Moskva-Dubay yo'nalishidagi parvoz chog'ida millioner va millarderlar ro'yxati elon qilinadigan jurnallarni mutolaa qildim, chunki samolyotda telefon bilan vaqtni o'ldirish qiyin. Jurnalda "Krasnodar" egasi, rossiyalik milliarder Sergey Galickiy nega "Magnit" nomli do'konlar tarmog'ini ikki baravar arzonga sotgani, "Anji" klubining sobiq egasi Suleyman Kerimovning Franciyadagi sarguzashtlari haqida qiziqarli maqolalarni zavq bilan o'qidim. 

SHunday qilib, Toshkent vaqti bilan tungi 23:00da saytimiz rahbarlaridan biri G'ayrat (Xasbiulin) aka bilan dunyoning eng mashhur shaharlaridan biri Dubayga etib keldik. Yanvarning 7-kuni start boshlandi. Stadion oldidan o'tmasangiz, Dubayda Osiyo Kubogi o'yinlari o'tayotganini sezmaysiz. Faqatgina arena oldida Osiyo Kubogi bo'layotgan bayroqlarni uchratasiz.

Dubaydagi "Al Maktum" stadionida joylashgan akkreditaciyalash markazini topish uchun arenani 2 marta aylandik. Stadion darvozalari oldida turgan xodimlar bizni goh u, goh bu darvozaga yuborib tushunmovchilik yuzaga keltirishdi. Ingliz tilini malum darajada tushunaman, ammo javob berish kerak bo'lsa... G'ayrat aka ingliz tilini juda yaxshi bilgani va muzokaralarga usta bo'lgani uchun qiynalmadim, OFK xodimlari bilan muammolar hal bo'ldi. Nihoyat, beyjiklarni olib stadionga kirdik va media markazda qo'shnilarimiz - Qirg'iziston terma jamoasining Xitoyga qarshi uchrashuvini tomosha qildik.

Hisobda oldinga chiqib olgan qirg'izlar, g'alabani saqlab qola olishmadi. Menimcha, ularga bunday turnirlarda ishtirok etish tajribasi etishmadi. 

Osiyo Kubogi. Xitoy - Qirg'iziston (VIDEO)

Bugungi kunni Janubiy Koreya - Filippin uchrashuvi bilan yakunlaymiz. Bahs bo'lib o'tadigan "Al Maktum" stadioniga kirganingizda muxlislar uchun maxsus fan zona yaratilgan. U erda bolalar va kattalar ko'ngilochar o'yinlar bilan shug'ullanib, uchrashuvgacha bo'lgan vaqtni o'sha erda o'tkazishi mumkin.





Janubiy Koreya hamda Filippin terma jamoalari o'rtasida o'tkazilayotgan bahsga tashrif buyurgan muxlislarning soni ko'p bo'lmasada, o'z vatanidan sevimlilarini qo'llash uchun kelganlar etarlicha.





Koreyaliklar o'yinni faol boshlashdi, ammo Filippin terma jamoasi gol urish uchun birinchi bo'limda ajoyib imkoniyatga ega bo'ldi, ammo darvozabon Kim Seung Gyu xavfni bartaraf etdi. Ushbu uchrashuvni Janubiy Koreyadan tomosha qilayotgan muxlislar uchun 3 nafar sharhlovchi xizmat qildi. Quloqchinli to'rtinchi kishi esa ularga tezda kerakli malumotlarni berib turdi.


Media tribuna yonginasida Filippin terma jamoasi futbolchilaridan birining oilasi o'yinni tomosha qilayotgan ekan.

Uchrashuv 1:0 hisobida Janubiy Koreya terma jamoasining g'alabasi bilan yakunlandi. Koreyaliklar mahorat evaziga raqibni mag'lub etishdi.

Bir necha daqiqa oldin "Championat.asia"ning qolgan vakillari ham Dubayga etib kelishdi. Saytimizni kuzatishda davom eting.

Muallif : Aslanov Jasurbek
Reyting: +38   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика