Kulibali Jon Terriga nega qo'ng'iroq qildi?
03 avg 2022 08:55
Yangiliklar


Kulibali Jon Terriga nega qo'ng'iroq qildi?
Kalidu Kulibali “CHelsi”da 26-raqamni olish uchun Jon Terridan ruxsat so'radi.
Futbolchi Terriga qo'ng'iroq qildi.
“Ehtimol, uni nafaqaga chiqarib yuborgandirsan yoki uni hech kim olgisi kelmayapti, bilmayman, ammo so'ramoqchiman, uni (26-raqam) sendan olishim mumkinmi?”, degan Kulibali.
“Eshit, 26-raqam men uchun alohida ahamiyat kasb etardi. Qo'ng'irog'ingni juda qadrlayman va uni olganing men uchun muammo emas, juda mamnunman. Senga eng yaxshi tilaklarimni tilab qolaman. Bajonidil, birodarim, 26-raqamni senga topshiraman”, deya javob qilgan Terri.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar