So’nggi yangiliklar

16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  0 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  5 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  4 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  3 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  4 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  5 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   7

Grigoriy Kolosovskiy: "Katta hududiy ustunlikka ega bo'ldik" Yangiliklar

Grigoriy Kolosovskiy: "Katta hududiy ustunlikka ega bo'ldik"

Pro-liganing 3-turi doirasida "Jayxun"ga qarshi o'yindan keyin "Lokomotiv" bosh murabbiyi Grigoriy Kolosovskiy matbuot anjumanida qatnashdi.

O'yin haqida

- Katta hududiy ustunlikka ega bo'ldik. Bu o'yinda ham golga tortadigan ko'plab vaziyatlar yaratdik. Muammo yana o'sha-o'sha: vaziyatlardan foydalanish qiyin bo'lmoqda. Biroq bugungi o'yinda reja qilingan ko'plab ishlarimiz o'xshadi. Raqiblar yosh futbolchilar harakat qilishdi, pressing qilishdi, murabbiyi boshqarib turdi, qaysidir vaziyatlarda bizga muammolar yaratib turdi. Biz bundan osonlik bilan chiqib keta oldik. Jarimadan ustun poylangan vaziyatdan tashqari ularda boshqa vaziyat bo'lgani yo'q. Raqibni yaxshi o'rganib chiqqandik, nimalarga qodirligini bilardik. Shunda ham o'sha xatolarga yo'l qo'ydik. O'sha vaziyatda tartibliroq harakat qilishimiz kerak edi. Jarimalarga tayyor bo'lishimiz kerak bo'lgandi. Xa, to'rtta gol urgan bo'lsak ham ko'prog'ini istagandik. Doim ham biz istagandek bo'lmas ekan. 

- Raqiblar haqida nima deya olasiz?

- "Jayxun" - yosh jamoa. Ular yaxshi harakat qilishmoqda, murabbiyning faoliyati ko'rinyapti. Jamoa yomon emas.

- 3 kundan keyin "Lokomotiv"ni Buxoroda kubok o'yini kutib turibdi.

- Hozir eng asosiysi tezroq tiklanib olib, yaxshi holatda etib borish kerak. Barchasi shu o'yinda hal bo'ladi. Yaxshi natija qayd etishga harakat qilamiz. Biz ham yosh bola emasmiz, qo'limizdan kelganini qilamiz.




Pro liga. "Lokomotiv" "Jayxun"ni yirik hisobda taslim etdi, "temiryo'lchilar"da 3 ta o'yinda 3 ta g'alaba

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика