So’nggi yangiliklar

02:29Расман: "Манчестер Сити" навбатдаги трансферни эълон қилди  1 02:20ЖЧ-2026 саралаши. Фаластин Ўмонга қарши охирги дақиқада пенальтидан гол ўтказиб, Жаҳон чемпионати саралашини омадсиз якунлади  2 01:29ЖЧ-2026 саралаши. Австралия Саудия Арабистонини мағлубиятга учратиб, Жаҳон чемпионатига йўл олди!  4 01:01ЖЧ саралаши. Ўзбекистон ўрин олган гуруҳнинг якуний ҳолати қандай?  4 00:17ЖЧ-2026 саралаши. Эрон Шимолий Кореяни йирик ҳисобда енгиб, гуруҳни пешқадам сифатида якунлади  11 23:46Президент Шавкат Мирзиёев Ўзбекистон миллий терма жамоасини тақдирлади ГАЛЕРЕЯ  10 23:38Ислом Тўхтахўжаев ўз автомобилини Бобир Абдихолиқовга совға қилди  35 23:32"Пахтакор" афсонаси Василис Хадзипанагис: "ЖЧ-2026да улкан зафарлар тилайман!"  10 22:24ЖЧ-2026 саралаши. Қирғизистон Кими Меркнинг охирги дақиқалардаги голи эвазига БААга қарши мағлубиятдан қутулиб қолди  18 22:23Фабрицио Романо: Хуан Гарсия тез орада "Барселона" футболчисига айланади  10 21:55Тимур Кападзе: "Жаҳон чемпионатига яхши тайёргарлик кўрамиз"  152 21:45ЖЧ-2026 саралаш. Ўзбекистон Қатарни йирик ҳисобда енгди, Сергеев эса тўпга биринчи тегинишида гол урди  20 20:52МЮ Гарначони 70 млн фунтга сотишга тайёр. Вингерга кимлар қизиқмоқда?  3 20:44ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Ўзбекистон Қатарни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди  474 20:17Тарих сизнинг қўлингизда – Ўзбекистон терма жамоаси аъзолари имзолари қўйилган футбол тўпини ютиб олинг!  4

Kuchuk qanday qilib “Manchester Yunayted“ni qutqarib qolgan? Yangiliklar

Kuchuk qanday qilib “Manchester Yunayted“ni qutqarib qolgan?

Hozirgi paytda “Manchester Yunayted“ dunyoning katta brendlaridan biri hisoblanadi.

Er sharining barcha hududlarida mashhur hisoblangan klubning tarixi umuman boshqacha kechishi mumkin edi, agarda bir kuchuk bo'lmaganida... O'shanda shu kuchuk bo'lmaganida Manchesterning qizil tomoni “Nyukasl“ darajasidagi oddiy klubga aylanib qolardi.

Klubning tashkil topib, shunday buyukligiga etishiga sabab bo'lgan insonlarni sanashsa, Basbi, CHarlton, Best, Fergyuson qatorida “Major” laqabli kuchukni ham sanab o'tishadi. Balki, shu kuchuk bo'lmaganida yuqorida sanab o'tilgan insonlar ushbu klubga kelishmagan va qahramonliklar amalga oshmagan bo'lardi.

Bu o'sha kuchuk

“Major” tufayli “Manchester Yunayted“ XIX asrda rivojlanishga erisha olmagan “Nyu Brayton Tauer“, “Eshford Yunayted“ yoki “Byorton Svifts“ kabi klublar qatorida bo'lmadi. Xo'sh, bunga nima sabab bo'lgan?SHunday mashhur voqelikni yaxshi tushunib olish uchun esa “Manchester Yunayted“ning ayrim insonlari so'zlariga quloq tutamiz.

Hozirgi paytning eng mashhur klublaridan biri 1878 yilda “Nyuton Xit“ [“Newton Heath L&YR (Lancashire & Yorkshire Railway) FC” — Lankashir va Yorkshir temiryo'l tarmog'iga tegishli ekanligini isbotlovchi to'liq nom] nomi bilan tashkil topgan. Boshida ushbu jamoa tarkibida asosan temiryo'lchilar o'ynardi. 1886 yili Manchester kubogi finalida “Manchester FK“ jamoasini mag'lub etib, o'z tarixidagi ilk sovrinini qo'lga kiritganida jamoani “Butparastlar“ deb atashgandi.

1889 yilda klub 1882 yili tashkil topgan Futbol ligasiga qo'shilish borasida iltimos bilan chiqdi, biroq bunda ular rad javobini oldi. “Nyuton Xit“ Futbol birlashmasi qo'l ostidagi umummilliy ligaga qo'shildi va Futbol ligasiga loyiq ekanligini isbotladi. 3 mavsum davomida Futbol birlashmasining maqtoviga sazovor bo'lgan klub 1892 yilda Futbol ligasiga qo'shib olindi.

Futbol ligasidagi ishtirokini “Nyuton Xit“ 1892 yili 3 sentyabr kuni “Blekbern Rovers“ jamoasiga qarshi o'tkazgandi. Uchrashuv boshida “butparastlar“ tezkor 3ta gol o'tkazib yuborishdi. Ammo ular o'zlarida kuch topib, o'yin scenariysini o'zgartirishdi. Biroq yakunda jamoa bari bir 4:3 hisobida mag'lub bo'lishdi. Liganing qolgan o'yinlari esa “Vulverxempton“ ustidan qozonilgan 10:1 (bu ligadagi ilk g'alaba edi) va “Derbi Kaunti“dan uchralgan 1:7 hisobidagi mag'lubiyatlar bilan yodda qoldi.

Umuman olganda mavsum jamoa uchun unchalik yaxshi o'tmadi. Jamoa turnir jadvalining quyi pog'onasida qolib ketdi. Ikkinchi liga chempioni “Smoll Xit“ jamoasi bilan test-o'yinda qozonilgan g'alaba esa “Nyuton Xit“ni yuqori ligada ushlab qoldi. Navbatdagi mavsum esa oldingisidan ham rasvo kechdi. Bu safar test-o'yinda “Liverpul“ 2:0 hisobiga g'alabaga erishdi va “Nyuton Xit“ ikkinchi ligaga tushib ketdi.

So'nggi 10 yillikning qolgan davrida “Nyuton Xit“ ikkinchi liganing o'rtamiyona jamoasi bo'lib yurdi. Bazida yuqori, bazida pastda. O'sha paytlarda jamoaning uy o'yinlarini yuqori bo'lmagan standartga ham javob bermaydigan, biroq ayrim xarakteristikalari bilan odamni shokka soladigan “Benk Strit“ maydonida o'tkazardi. Stadion shundoqqina zavodning yonida va bu futbolchi hamda muxlislar uchun anchagina qulay edi. Biroq noqulay iqlim sharoitida stadion tezda yomon holatga kelardi. Qayd etish kerak, bunday yomon stadionda o'yinni yakunlasa ham bo'lardi.

Yangi asrning boshida turnir jadvalida yuqorilash uchun qilingan tinimsiz harakatlar, yomon stadion “Nyuton Xit“ning kamtarona byudjetiga ko'plik qildi. Yosh klub administrativ chiqimlarni ko'tara olmaydigan klubga o'xshab qoldi, shuningdek, ikkinchi ligada ayrim limitlar bor edi. Sud klub prezidenti Uilyam Xilni 242 funtga jarimaga tortganidan keyin esa holat yanada og'irlashdi. Ahvol og'ir! Klubning qarzlari 2500 funtgacha ko'paydi va sud klubni bankrot deb elon qildi. “Benk Strit“ “qulflandi“ va jamoa sarson-sargardonlik onlari boshlandi. O'sha paytda “Nyuton Xit“ni ikki qutqaruvchi qutqardi — kapitan Garri Stafford va uning iti “Major”.

Garri kasbi bo'yicha issiq suv ishlab chiqaradigan qozonlar (kotyol) tayyorlardi, klubda esa jamoa sardori edi va himoyada o'ynardi. U jamoa uchun futbolchidanda ko'prog'i edi, klub iqtisodiy krizisga uchragan payti bo'layotgan o'yinlarga kuchugini xayriya pullari yig'ish uchun jo'natardi. O'sha bankrotlik elon qilinganidan keyin Stafford bor kuchini klubni asrab qolishga ishlatdi va har xil yo'llarni qidirdi. Bir necha kun ichida u “Bristol Siti“ga qarshi kechadigan safar o'yini uchun pullarni yig'ib oldi. Biroq klubdagi moliyaviy muammolarni hal qilish uchun bunday kichik fursat ichida katta summa yig'ish talab qilinardi. SHu maqsadda Manchesterda 4 kunlik katta marafon uyushtirildi va uning yulduzi Staffordning iti Major bo'ldi.

Aytilishicha, marafonning to'rtinchi kuni o'tayotgan bir paytda kuchuk bir pivovariya egasi Jon Genri Devis o'tirgan pabga kirib qoladi. Uning qizi esa kuchukning egasini qidirishga tushadi. Yakunda qiz va ota Stafford bilan tanishib qoladi. Balki, ushbu uchrashuv “Manchester Yunayted“ tarixi uchun eng muhim ahamiyat kasb etgandir. Stafford uchrashuv davomida klubning qarzlarini to'lash va unga moliyaviy barqarorlik taqdim etishi borasida Genri bilan kelishib oladi. Devis qo'liga o'tgan klub esa nomini “Manchester Yunayted“ga o'zgartirdi.

Endi klub o'zini butun dunyoga ko'rsatmoqda. 1909 yilda Kubokni yutgan, chempionlik va “Old Trafford“ga ega bo'lgan Ernest Mangnell va CHarli Robertsning avlodi — barchasi kutilgan edi. O'shandan beri klub ko'plab yo'nalishlarda katta qadam tashladi. 1902 yilgi qora kunlar esa boshqa takrorlanmaydi. Fakt shundaki: o'sha kuchuk “Manchester Yunayted“ning hayotini saqlab qoldi!

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика