So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  4 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  6 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  15 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  103 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  5 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  848 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  5 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

Kubok finalidagi ijobiy jihatlar Yangiliklar

Kubok finalidagi ijobiy jihatlar

Kecha Samarqand shahrida 2016 yilgi O'zbekiston kubogi final uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ko'pchilik "futbol jurnalistlari faqat tanqid qilishadi, ijobiy tomonlarni ko'rishmaydi" deb aytadi. Kechagi final o'yinida ko'rgan ijobiy jihatlar haqida to'xtalib o'tmoqchiman.

BIR DAQIQALIK SUKUT

Bir kun oldin Braziliyaning "SHapekoense" klubi aviahalokatga uchragani haqida dunyoning barcha nashrlari yozishdi. PFL O'zbekiston kubogi finalini ushbu klub vakillari xotirasi uchun bir daqiqalik sukut bilan boshlashga qaror qildi. Bu oddiy holatdek tuyulishi mumkin, biroq bir kun oldin bo'lgan voqeaga PFL tezda reakciya ko'rsatgani shaxsan men uchun yoqimli bo'ldi. Har holda butun boshli klub aviahalokatga uchrashini o'zbek xalqidek yaxshi tushunadigan xalq juda kam...


YANGI KUBOK

 

Ustoz jurnalistlarning aytishicha O'zbekiston kubogi sohibiga topshirib kelinayotgan oldingi kubok 2001 yildan buyon xizmat qilib kelgan ekan. PFL bu yil oldingi kubokdan voz kechib yangi dizayndagi kubokdan foydalanishga qaror qildi. Ko'pchilikka yangi kubok yoqdi, ko'pchilikka yoqmadi. Hech qachon barchaga birdek yoqishning iloji yo'q, barchaning o'z fikri bor, albatta. Lekin PFL qandaydir yangilikka intilganining o'ziyoq yaxshi jihat bo'ldi.


JONLI EFIR



"Ha endi O'zbekiston kubogi finalini ham jonli olib bermasa SPORT kanali nima qilib yuribdi" deydiganlar ko'plab topilishi mumkin. Biroq telekanal xodimlari Samarqanddan birinchi marta to'g'ridan-to'g'ri efirni amalga oshirishdi. Translyaciyani ko'rmadim, sababi stadionda edim. Evropa va Rossiyada bo'lganidek o'yin faqat bir sharhlovchi tomonidan yoritilmadi. Yani Murod Rizaev maydonning o'zida, Dilshodbek To'xtabekov esa sharxlovchilar xonasida ishladi. Rizaev bahsdan oldin stadiondagi muhit haqida malumot berdi, o'yin tugagach tezkorlik bilan flesh-intervyular taqdim etdi. To'xtabekov esa bahsni sharhlab bordi.


QALIN KIYINTIRILGAN "BOLBOYLAR"

O'tgan yil Jizzaxda bo'lgan final kuchli yomg'ir ostida o'tgandi. O'shanda saytimizda final haqida tanqidiy maqolada to'p olib beruvchilar haqida yozilgandi. Kuchli sovuqda bolakaylar futbolka shortikda 90 daqiqadan ortiq sovqotib turgani haqida gap borgandi. Bu yil bu holat kuzatilmadi. To'g'ri o'yin vaqtida Samarqandda sovuqqotadigan havo bo'lmadi, lekin baribir Pele futbolchilikni tugatganida aytgan gapini takrorlaymiz: Bolalarni asrang! Bu yoki PFL, yoki "Dinamo" klubining tashabbusi bo'lsa kerak. Kimning tashabbusi bo'lsa ham otasiga rahmat!

2015 yil

2016 yil



STADION


1992 yil O'zbekiston kubogining birinchi finali Samarqand shahrida bo'lib o'tgandi. Oradan 24 yil o'tgach mamlakat kubogining hal qiluvchi bahsi yana Samarqandda o'tkazildi. Bu "Nasaf" muxlislari uchun ham, "Lokomotiv" muxlislari uchun ham maqul kelgani shubhasiz. Final Toshkentda deyarli bo'sh tribunalar ostida o'tganidan ko'ra viloyatlarda to'lib toshgan stadionlarda o'tgani baribir boshqacha ko'rinar ekan. Samarqandda yashaydigan minglab muxlislar birinchi marta O'zbekiston kubogi o'yinini stadiondan turib jonli tomosha qilishgan bo'lsa ajab emas. O'tgan yil Jizzaxda ham shunday bo'lgani aniq. Demak viloyatlarda yashaydigan futbol shinavandalari ham O'zbekiston kubogi hal qiluvchi o'yinidan bahramand bo'lishmoqda. Bu yil vodiyga qatnaydigan poezdlar yo'lga qo'yilgani keyingi yillarda final vodiyda o'tkazilishini kutishimiz mumkin. SHu o'rinda "Dinamo" klubi matbuot xizmati vakili Usmon aka Ibodovga barcha jurnalistlar nomidan rahmat aytmoqchiman. Bu inson haqiqiy mezbonlardek hamkasblarini kutib oldilar. Biroz rejalar o'zgarib ketgan bo'lsa ham barchasi yaxshi o'tdi, Usmon aka rahmat barchasi uchun.


TAQDIRLASH MAROSIMI

O'tgan yil Jizzaxda "Nasaf" klubiga kubok qanday holatda topshirilgani deyarli barchaning yodida bo'lsa kerak. Hech qanday podiumsiz maydonning o'zidayoq "Nasaf" futbolchilariga kubok topshirib qo'yilgan edi. Bu OAVda keskin tanqid qilingandi. Bu yilgi finaldan keyingi taqdirlash marosimiga alohida tayyorgarlik ko'rilganiga barcha guvohi bo'ldi. Aslida har qanday kubok finali shunday o'tishi kerak. Lekin o'tgan yilgi xato va kamchiliklarni to'g'rilashga uringan PFLning harakatlarini takidlash lozim.

2015 yil

2016 yil



"LOKOMOTIV" KLUBIGA RAHMAT

Finalga  Toshkentdan 10dan ortiq jurnalist va 200ga yaqin muxlislar Samarqandga mutlaqo bepulga borib kelishdi. "Lokomotiv" klubi tashabbusi bilan 4ta avtobus barcha xohlovchilarni Toshkentdan Samarqandga beminnat olib borib keldi. Safar davomida jurnalistlar va muxlislar Samarqand shahridagi "Hazrati Hizr" masjidiga borib O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qilishdi, "Registon" maydoniga tashrif buyurishdi. Xullas 2016 yil kuz oyining so'nggi kuni voqealarga boy tarzda o'tdi.



SHaxsan men umrimda birinchi marta O'zbekiston kubogi finalini ilk bor bunchalik yaqindan turib tomosha qildim. 


Narzulla Saydullaev


Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика