Kuala-Lumpurda OFKga azo mamlakat federaciyalari bosh kotiblari konferenciyasi boshlandi
04 apr 2017 16:01
Yangiliklar
Kuala-Lumpurda OFKga azo mamlakat federaciyalari bosh kotiblari konferenciyasi boshlandi
Birinchi bor tashkil qilinayotgan mazkur konferenciyada O'zbekiston futbol Federaciyasi Bosh kotibi Sardor Rahmatullaev ham ishtirok etmoqda. Uch kun davom etadigan tadbirni o'tkazishdan asosiy maqsad OFKga azo mamlakat federaciyalari o'rtasida fikr va g'oya almashish, hamkorlik va birdamlikni oshirishdan iborat.
OFK Bosh kotibi Dato Uindsor Jon bu kabi konferenciyani o'tkazish muhim ekanini hamda Osiyo futboli vazifalarini yaxshiroq tushunishga yordam berishini takidladi.
“Mazkur tadbir OFKning o'z maqsad va vazifalariga bo'lgan majburiyatini bajarishga hamda tashkilotga azo mamlakat federaciyalarini qo'llab-quvvatlashga tayyor ekaniga yaqqol misol bo'la oladi. Maqsadimiz – dunyodagi etakchi konfederaciyaga aylanib, jamoalarimizning yuqori darajada o'ynashiga yordam berish. OFKga azo mamlakat federaciyalari bosh kotiblarini Kuala-Lumpurda yig'ish orqali futbolning Osiyodagi vazifalarini yaxshiroq tushunish va qo'llab-quvvatlashga ko'mak beradigan muhit yarata oldik”, – dedi Dato Uindsor Jon.
Fikrlar