So’nggi yangiliklar

12:04"Андижон" янги аъзоси Абинур Нуримбет: "Келажакда Қозоғистон миллий терма жамоаси либосида майдонга тушишни истайман"  1 11:39ПСЖ Франция терма жамоаси дарвозабонига қизиқмоқда  2 11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  2 10:50Лапорта: «Барселона» катта трансферларни амалга оширишга тайёр»  3 10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  7 09:50Жоау Феликс фаолиятини АПЛда давом эттиради  4 09:47Мўъжиза рўй бермади, аммо ҳали барчаси олдинда. Ўзбекистон – Испания ўйинидан хулосалар  14 09:21Александр Хомяков: «Ёзги йиғинни қандай ўтказганимизни иккинчи давра ўйинлари кўрсатиб беради»  3 08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  22 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0 07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  4 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  3 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  4 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  4 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  8

"Kuala-Lumpur Siti" bosh murabbiyi: "O'yin biz kutgandek bo'ldi. "So'g'diyona"ning hujumlarini kerakli payt to'xtata oldik" Yangiliklar

"Kuala-Lumpur Siti" bosh murabbiyi: "O'yin biz kutgandek bo'ldi. "So'g'diyona"ning hujumlarini kerakli payt to'xtata oldik"

OFK Kubogi Hududlararo finalidan o'rin olgan "So'g'diyona" – "Kuala-Lumpur Siti" uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Boyan Xodak va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Paulo Jozue matbuot anjumanida qatnashishdi.

- Janob murabbiy sizni g'alaba bilan tabriklaymiz. O'yin haqidagi fikrlaringiz qanday?

- O'yindan oldin O'zbekiston futboli Osiyoda Malayziyadan ancha ustun ekanini takidlagandim. Raqib jamoa o'z uyida o'ynayotganligi sabab biz katta bosim kutgandik. Ammo biz bunga imkon bermadik. Raqib kam imkoniyatlar yaratdi. O'yin biz kutgandek bo'ldi. "So'g'diyona"ning hujumlarini kerakli payt to'xtata oldik. Bundan tashqari uch marta qarshi hujumda yaxshi vaziyatlar yaratdik. Bu vaziyatlardan unumli foydalana olmadik va o'yin penaltilar seriyasigacha bordi. Seriyada esa omad bizga kulib boqdi. Kecha klubimiz kichikligi va juda kam byudjetga ega ekanligini aytgandim. Bugungi g'alaba biz uchun juda katta natija bo'ldi. Biz davom etamiz. Bu natija biz uchun orzu edi va orzuimiz uchun kurashishda davom etamiz. 

- Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Paulo Jozuening o'yin haqidagi fikrlari qanday?

- Biz juda yaxshi o'ynadik, ayniqsa himoyada. Menimcha bugun himoyadagi eng yaxshi o'yinimizni o'tkazdik. Himoyadagi yigitlarga katta rahmat. To'g'ri bizda muammolar bo'ldi, sababi raqib o'z uyida, muxlislari qarshisida o'ynayotgandi. Oxirida esa biz g'alaba qozonishni uddaladik. Darvozabonimiz ham ajoyib o'yin ko'rsatdi. Bugungi o'yin uchun hammaga rahmat.

- Bu g'alaba OFK kubogida siz uchun shu paytga qadar erishilgan eng katta natijami? Finalda qanday sinovlar bo'lishini kutmoqdasiz?

- Bugungi raqib oldingilarga qaraganda ancha kuchli edi. Vietnam jamoasi bilan bo'lgan o'yinga solishtirsak ham bugungi raqib ancha saviyali edi. "So'g'diyona"ning avvalgi o'yinlariga etibor bersangiz, jamoa juda ko'p vaziyatlar yaratganini ko'rishingiz mumkin. Biz esa bunga imkon bermadik. 

- Paulo Jozue o'tgan matbuot anjumanida menga gol urishni ahamiyati yo'q, asosiysi jamoamning g'alabasi degan fikrni bildirgandingiz. Mana bugun hech kim gol ura olmadi. Jamoadoshlaringiz haqida nima deya olasiz?

- To'g'ri, bugun gol ura olmadik. Sababi, biz bugun himoyada o'ynadik. SHunday bo'lsa ham bugungi o'yindan mamnunman. Darvozabonimiz ham bizni qutqardi. O'yindan gol ura olmagan bo'lsak ham penaltilar seriyada beshta zarbani ham aniq bajardik. 

- Finalda sizlarni "So'g'diyona"dan ham ko'proq hujum qiladigan jamoa kutmoqda. Ummon jamoasi juda ko'p hujumlar qiladi, bunga jamoangiz tayyormi?

- Mening murabbiylik vazifam ularni to'xtatish. Ularning imkoniyatlarni cheklash. Biz bu ishni Vietnamda, Hindistonda va bugun uddalay oldik. Ummon jamoasiga qarshi ham bunga urinib ko'ramiz. 

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика