"Kristal Pelas"ning xo'jayinlari o'zgarishi mumkin
14 mar 2015 13:55
Yangiliklar

"Kristal Pelas"ning xo'jayinlari o'zgarishi mumkin
Josh Xarris boshchiligidagi amerikalik investorlar 90 million funt evaziga "Kristal Pelas"ni sotib olmoqchi.
Xarris AQSHda basketbol bo'yicha "Filadelfiya Seventi Siksers" va xokkey bo'yicha "Nyu-Jersi Devils" klublari xo'jayini hisoblanadi. Biznesmen anchadan buyon Angliya klublaridan birini sotib olmoqchi. U 2010 yildayoq "Pelas"ga qiziqib qolgandi.
Financial Times nashrining xabariga ko'ra, Xarris uzoq kutilgan xaridni amalga oshirishi mumkin. Apollo Global Management va Blackstone investicion kompaniyalari Joshga moliyaviy ko'mak berishadi.
Boyligi 2.6 milliard dollarga baholanayotgan Xarris o'z sherigi Devid Blitcer bilan birga klub akciyalarining kattagina qismiga ega bo'lishadi. Klubning hozirgi prezidenti Stiv Perishning akciyalari 15% qoladi. Yana bir qator kishilar 5% akciyalardan olishadi.

Fikrlar