Krishtianu Ronaldu "Vilyarreal"ga qarshi o'ynay olmasligi mumkin
12 sen 2013 14:02
Yangiliklar


Krishtianu Ronaldu "Vilyarreal"ga qarshi o'ynay olmasligi mumkin
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniya primerosining 4-turidan o'rin olgan "Vilyarreal"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin, deb xabar bermoqda AS nashri.
Kechagi mashg'ulotlar vaqtida futbolchi oyoq paylarida og'riq sezgan. SHu sababli ham Ronaldu Portugaliyaning SHimoliy Irlandiyaga qarshi o'yinni turli og'riq qoldiruvchi ukollar yordamida maydonga tushdi va Braziliyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushmaydi.
SHuningdek klubning boshqa bir yarim himoyachisi Isko ham oyog'ida og'riq sezgan.
"Vilyarreal" – "Real" uchrashuvi 14 sentyabr kuni bo'lib o'tadi.

Fikrlar