Krishtianu Ronaldu: "Hozir har qanday o'yinchi uchun 100 million evro to'lanishi mumkin"
21 avg 2019 11:05
Yangiliklar


Krishtianu Ronaldu: "Hozir har qanday o'yinchi uchun 100 million evro to'lanishi mumkin"
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu transferlar oynasidagi yuqori narxlar haqida fikr bildirdi.
- Zamonaviy futbolni hisob-kitob qilish qiyin. Klublar bir futbolchiga yuqori pul to'lab katta tavakkalga qo'l urishmoqda. Joau Feliksni hisobga olmasa, hech narsa ko'rsatmagan o'yinchilar uchun 100 million evro to'lanmoqda.
Futbolda ko'p pul bor. Markaziy himoyachi va darvozabon 70 yoki 80 million evro baholanishi mumkin. Menga bu yoqmayapti, ammo hozir dunyo shunaqa va biz buni hurmat qilishimiz kerak, - deydi Ronaldu.
Ronalduga pul kerak emas. Endi uni faqat shon-shuhrat qiziqtiradi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar