Kovach: "Bavariya" yaratilgan vaziyatlardan foydalana olmadi va mag'lub bo'ldi
04 avg 2019 07:44
Yangiliklar


Kovach: "Bavariya" yaratilgan vaziyatlardan foydalana olmadi va mag'lub bo'ldi
"Bavariya" bosh murabbiyi Niko Kovach Germaniya Superkubogida "Borussiya"ga (0:2) uchralgan mag'lubiyatga izoh berdi.
"Biz o'yinni boy berdik va tabiiyki bundan xafamiz. O'ylashimcha, biz odatiy o'yinimizni ko'rsatdik. Eng yaxshi o'yinimizni emas, ammo normal o'yin. maydonda ustunlik qildik, ammo ikkita xatomizdan "Borussiya" unumli foydalanadi. O'z navbatida biz yaratilgan vaziyatlarni golga aylanatira olmadik.
Biz mavsumoldi tayyorgarlikni to'rtinchi haftasidamiz. Bu bizning 90 daqiqa davom etgan ilk o'yinimiz bo'ldi. SHu bois ko'p narsa kutish mantiqsizlik bo'lardi. Biz o'zimiz yaratgan vaziyatlardan foydalanish bilan birga, "Borussiyaning "qurol"i - qarshi hujumlardan foydalanishga imkon bermasligimiz lozim edi", deya Kovachning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda klub matbuot xizmati.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar