So’nggi yangiliklar

13:28Погба: "Рэшфорднинг "Барселона"га ўтиши – ақлсизлик, МЮ ажойиб ўйинчини йўқотмоқда"  0 12:59"Like Сup"да финалчилар маълум бўлди  0 12:49Пол Гаскойнни ҳушсиз ҳолда топишди  1 12:20Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  0 12:00Камолиддин Мурзоев: "У яна топ-5га қайта олади, Шомуродов-Файзуллаев тандемидан ўзбек футболи ва терма жамоа ютади"  8 11:31"Рома" "Ланс" футболчисини сотиб олди  0 11:14Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Кимда қандай ўзгариш?  12 11:05ПСЖ бош мураббийига “Реал“ футболчиси керак  2 10:43“Ливерпуль“ Диаснинг ўрнига “Реал“ футболчисини олиб келади  8 10:19МЮ яна бир ҳужумчисини сотишга тайёр. Унга А Сериядан таклифлар бор  1 09:56“Ал-Ҳилол” Саудия Арабистони Суперкубогида иштирок этишдан бош тортди  2 09:31Отабек Жўрақўзиев: “Мухлисларимизни Суперлига ва ОЧЛ учрашувларида хурсанд қиламиз”  4 09:05МЮ Ўринбоевнинг жамоадошига қизиқиш билдирмоқда  1 08:39“Навбаҳор“ “Нефтчи“ футболчиси билан 2 ярим йиллик шартнома тузди  2 08:13Салоҳ барча даврларнинг энг яхши африкалик футболчи ким деган саволга жавоб берди  19

Koutino va "CHelsi": hamkorlikning iloji bormi? Yangiliklar

Koutino va "CHelsi": hamkorlikning iloji bormi?

Braziliyalik yarim himoyachi London jamoasi tarkibida o'ynab keta oladimi?

Oxirgi vaqtlarda Filippe Koutinoning "Stemford Bridj"ga yo'l olishi haqidagi mish-mishlar tobora ko'payib bormoqda. Bu borada turli variantlar aytilmoqda: "aristokratlar" futbolchi uchun 80 million evro to'lab sotib olishlari, yoki yarim himoyachini sotib olish huquqi bilan ijaraga olishlari mumkin – shunga o'xshash usulda "Real"dan Mateo Kovachich kelgandi. 

Yaqin kunlarda bu transferga ishonish uchun yana bir malumot paydo bo'ldi. Rasmiy emas, u qadar ishonchli bo'lmasada, Ngolo Kante "Barselona"ga yo'l olishi mumkinligi, Koutino esa "ko'klar" safiga borib qo'shilishi haqida xabar berdi. Juda qiyin transfer ishi, ishonish biroz mushkul, ammo nega endi yo'q?! 

Aytishadiku, shamol bo'lmasa, daraxtning uchi qimirlamaydi. "Bavariya"ga Xans Flik kelganidan so'ng braziliyalik asosiy tarkib uchun raqobatni Tomas Myullerga yutqazib qo'ydi va myunxenliklar Koutni sotib olish niyatida emaslardek.

Koronavirus oqibatlari tufayli transfer oynasida faol jamoalar ko'p bo'lmasa kerak. "CHelsi"ni Villian va Pedro tark etsa, hujumkor futbolchi sotib olish ehtimoli yanada oshadi. Koutino ham qanotda, ham markazda foyda keltirishi mumkin. 

"CHelsi" yaxshi zarbaga ega futbolchini qo'lga kiritadi. Tan olish lozim, londonliklar safida uzoqdan aniq va samarali zarba bera oladigan futbolchi deyarli yo'q. "CHelsi"da bu kriteriyaga mos keladigan oxirgi futbolchi aynan Frenk Lampard edi. Kimdir qarshilik bildirib, Villianni aytar va 2015/16-yilgi mavsumni yodga olar. O'shanda braziliyalikning deyarli har bir zarbasi samarali bo'lardi.

Umuman olganda barchasi oddiy. Koutino – raqib jarima maydoni yaqin joyida "yopilib olsa", yoki uchrashuv reja bo'yicha ketmasa, Lampard uchun yangi variant. Braziliyalik kutilmagan qarorlari va uzoq masofadan beradigan zarbalari bilan jamoasiga foyda keltirishi mumkin.

APL tajribasi. 2012 yildan to 2018 yilgacha Koutino Angliya Premer-ligasida to'p tepgan. Darrov bo'lmasada, braziliyalik Yurgen Klopp "Liverpulida" etakchilardan biriga aylandi. Katta summa evaziga ham "qizillar" uni "Barselona"ga uncha istamaygina sotishgandi. Koutino ligani yaxshi biladi va adaptaciyaga ko'p vaqt talab qilinmaydi. 27 yoshli futbolchi uchun bu katta ustunlik: futbolchi qachonlardir mashhurlikka erishgan chempionatida yana o'z kuchini ko'rsatib qo'yishi mumkin.

CHelsi hujum chizig'ini kuchaytirishi lozim. Bu mavsum, xuddi avvalgisidek "CHelsi" vaziyatlar kamligi, yaratilganlaridan foydalanish hamda 2-3-golni urib o'yinni "tugatish" imkoniyatini qo'ldan chiqardi. Hujum chizig'ini tajribali, APL havosini biladigan, shu bilan birga Primera, Bundesliga va A Seriyada ham o'ynashga ulgurgan futbolchini qo'lga kiritadi. Koutino 27 yoshda va bor imkoniyatini ko'rsatib, aslida qanchalik zo'r futbolchi ekanligini isbotlashi zarur.

Tajriba. Koutino jamoasiga tajribasi bilan ham as qotadi. Aytganimizdek, u deyarli barcha kuchli ligalarda va CHempionlar Ligasida ham to'p tepgan. Agar "CHelsi"ni Villian va Pedro ham chindan tark etsa, Filippe hujum chizig'idagi eng tajribali futbolchiga aylanishi mumkin. Xakim Ziyesh APL darajasidagi chempionatda hali o'ynamagan.

Maydonni ko'ra olish qobiliyati. Koutinoning ijobiy jihatlaridan biri, bu esa "CHelsi"ga katta foyda beradi. Mateo Kovachich qanchalik yaxshi o'ynamasin, Jorjinodan "tayanch zonadagi pleymeykerga" aylantirishga urinishmasin, Sesk Fabregas ketganidan keyin "CHelsi"da o'sha darajadagi pas bera oladigan futbolchi yo'q. Koutino buni to'g'rilashi mumkin.

Koutino Temmi Abraxamni ham kuchliroq qiladi. O'zining kreativligi, tajribasi va mahorati evaziga Kout "CHelsi" forvardi yanada kuchayishi uchun ideal sherik bo'ladi. Angliyalik hujumchi braziliyalik bilan til topishishi uchun malum vaqt talab qilinishi aniq. Biroq ular keyin APLdagi eng zo'r juftliklardan biriga aylanishlari mumkin.

SHu bilan birga "CHelsi" Filippe Koutinoni sotib olish imkoniyati bilan ijaraga olsa yutqazmaydi. Braziliyalik futbolchiga ishonch bildirib, imkoniyat berilsa, u kamida jamoa o'yinini buzib qo'ymaydi. 


Omonjon To'xtamirzaev tayyorladi 

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика