Konte "Milan" yarim himoyachisi Kesseni "Tottenxem"ga olib kelmoqchi
03 noy 2021 17:16
Yangiliklar
Konte "Milan" yarim himoyachisi Kesseni "Tottenxem"ga olib kelmoqchi
"Tottenxem" yangi bosh murabbiyi Antonio Konte o'z jamoasida "Milan" xavbeki Frank Kesseni ko'rmoqchi.
Italiyalik mutaxassis 24 yoshli ivuarlik futbolchiga "shporlar"ning asosiy transfer maqsadlaridan biri sifatida qaramoqda.
Kesse 2021/22 yilgi mavsum "Milan" safida 10ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.
Ivuarlikning klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2022 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar