Konte jarimaga tortildi va diskvalifikaciya qilindi
26 jan 2021 19:20
Yangiliklar


Konte jarimaga tortildi va diskvalifikaciya qilindi
“Inter” ustozi Antonio Konte “Udineze”ga (0:0) qarshi bahsda maydondan chetlatilgandi.
Tartib-intizom komissiyasi bayonotida aytilishicha, Konte uchrashuv hakamining qarorlariga norozilik bildirgani uchun qizil kartochka olgan, ammo shunda ham arbitr shaniga noo'rin iboralarni qo'llashda davom etgani tufayli jazoga tortilgan. Mazkur hurmatsizligi sabab Konte A Seriyaning 2 o'yiniga chetlatildi va 20 ming evro jarimaga tortildi.
SHuningdek, o'yin davomida “Inter” rahbariyati vakili Gabriele Oriali ham hakam bilan tortishgan va u 5 ming evro jarima to'laydigan bo'ldi.
Kontening diskvalifikaciyasi faqat chempionat uchrashuvlariga taaluqli, u bugun Kubok doirasida “Milan”ga qarshi (00:45 da bosh.) kechadigan bahsni zaxiradan turib kuzatadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar