Konte A Seriyada 2020/21 yilgi mavsumning eng yaxshi murabbiyi deb elon qilindi
01 apr 2022 07:38
Yangiliklar


Konte A Seriyada 2020/21 yilgi mavsumning eng yaxshi murabbiyi deb elon qilindi
"Inter"ning sobiq bosh murabbiyi Antonio Konte A Seriyada 2020/21 yilgi mavsumning eng yaxshi murabbiyi bo'ldi.
Bu haqida Italiya futbol federaciyasi rasmiy sayti elon qildi.
Konte "Oltin o'rindiq" sovrinini oldi. U 20 ochko to'plab, birinchi o'rinni egalladi.
52 yoshli mutaxassis mazkur sovrinni rekord - 6-marotaba qo'lga kiritdi. Ikkinchi o'rinni 19 ta ovoz to'plagan "Milan" murabbiyi Stefano Pioli egalladi. Kuchli uchlikka esa 6 ochko to'plagan "Atalanta" murabbiyi Jan Pero Gasperini yakun yasadi.
O'tgan mavsumda "Inter" Konte boshchiligida Italiya chempioni bo'lgandi. Ushbu mavsumda esa murabbiy "Tottenxem"ni boshqarmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar