Konoplyanka Turkiya klubiga o'tishga yaqin
17 fev 2021 16:04
Yangiliklar


Konoplyanka Turkiya klubiga o'tishga yaqin
"SHaxtyor" vingeri Evgeniy Konoplyanka klubdan ketishga yaqin.
Konoplyanka yozda "Beshiktosh"ga 3 million evro evaziga o'tadi. O'yinchi yiliga 2,5 million dollar miqdorida maosh oladi.
31 yoshli ukrainalik futbolchining bo'lajak shartnomasi qancha muddatga tuzilishi haqida malumot yo'q.
Futbolchi "SHaxtyor" (Doneck) safida ikki mavsumda Ukraina Premer-ligasi (UPL) doirasidagi 24ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 5ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar